Nurafshon shahrida zamonaviy bolalar shifoxonasi foydalanishga topshirildi
Namunaviy loyiha asosida qurilgan mazkur zamonaviy bolalar shifoxonasi 80 o‘ringa mo'ljallangan bo'lib, qurilish ishlari uchun 9,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
✅️ Ochilish marosimi avvalida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov shahar aholisi va tibbiyot sohasi vakillarini Navro'z bayrami va muborak ramazon hayit ayyomi arafasida yana bir yangi tibbiyot muassasasi ishga tushgani bilan tabrikladi va quruvchi tashkilot vakillari munosib taqdirlandi.
✅️ Shifoxonada qabul bo‘limi, pediatriya bo‘limi, 10 o‘rinli chaqaloqlar patologiyasi hamda 6 o‘rinli reanimatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Uchinchi qavatda esa fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limi yo‘lga qo‘yilgan.
🏥Mazkur shifoxona nafaqat Nurafshon shahri, balki qo'shni hududlardagi bemor bolalarga ham sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤2🔥1🤝1
Endi bemorlarga barcha qulayliklarga ega qabul bo‘limi xizmat ko‘rsatadi
Mazkur loyiha doirasida zamonaviy arxitektura va tibbiy talablar asosida yangi bino barpo etilib, qabul bo‘limi shahar diagnostika bo‘limidan alohida tashkil etildi. Bu esa bemorlarni qabul qilish, ko‘rikdan o‘tkazish va yo‘naltirish jarayonlarini yanada tezkor va samarali amalga oshirish imkonini yaratdi.
✅️ Shuningdek, bemorlar va ularning yaqinlari uchun barcha zarur qulayliklarga ega, keng va shinam kutish zali qurildi. Qabulxona zamonaviy mebel jihozlari, zarur tibbiy va texnik uskunalar bilan to‘liq ta’minlanib, xizmat sifati va qulayligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu amaliy ishlar aholiga ko‘rsatiladigan tezkor tibbiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ochilish marosimida shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, tibbiyot sohasi vakillariga minnatdorchilik bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2🔥1👌1🤝1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы соотечественников в связи с Днем работников системы махалли"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы соотечественников в связи с Днем работников системы махалли"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥6👍2👎2🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1👏1🤝1