Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.8K links
Download Telegram
#bildirish

Hurmatli viloyatimiz ahli va mehmonlari!

Xabaringiz bor, joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.

Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun ayni paytda juda katta tashkiliy-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan bayram povilonlarida:

🤔 xalq o‘yinlari va milliy an’analar, urf-odatlar namoyishi;

🤔 milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, (jumladan, belbog‘li kurash);

🤔 “Varraklar sayli”;

🤔folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, askiya bazmi va masxarabozlar shousi:

🤔 amaliy san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari;

🤔Navro‘zning shohona taomlari — sumalak, xalim va ko‘k somsalardan tashqari kundalik taomnomamizdan o‘chib, deyarli unutilib borayotgan asl sof, tabiiy darmondorili milliy yeguliklar tortiladigan dasturxonlar — boshqacha aytganda "Atala"xonimdan tortib, "Palovxonto‘ra"gacha Sizlarni kutadi!


Bundan tashqari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar, havaskor dastalarning bayram dasturlariga ham guvoh bo‘lasiz.

Sayilga keluvchilar uchun bayram kunlari qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida hududlardan Nurafshon shahriga jamoat transportlari ko‘paytiriladi.

Barchangizni ushbu unutilmas bayram shodiyonalariga chorlab qolamiz!

⚠️Diqqat!

⛔️Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayil o‘tkaziladigan hududda vaqtincha transport harakati cheklanadi.

Barchangizni bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, birgalikda, quvonch, zavq va shukronalik bilan nishonlashga chorlaymiz!

Tinch va osoyishta yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanaversin!

SAYILGA MARHAMAT!

📍Manzil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirini jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.

Сегодня в парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева состоятся торжества по случаю всенародного праздника Навруз.

Смотрите прямую трансляцию праздничного мероприятия на официальной странице пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

В парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева началось торжественное мероприятие по случаю всенародного праздника Навруз.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin!
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
👌1
Barcha hududlarga, qishloq va ovullar, mahallalarga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish bo‘yicha katta harakat boshlangani ta’kidlandi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ham ulkan qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, shinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obyektlari barpo etilmoqda.

Kelgusida bunday qurilishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ta’kidlandi.

“Ushbu fayzli tongda mirishkor dehqon va fermerlarimizga barchamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada to‘kin va farovon qilishdek ezgu ishlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Chunki sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizq-u nasibasi butun bo‘ladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
Yangi O‘zbekiston mamlakatimiz yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.

“Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz.

Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir.

Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi!

Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
1
Mahalla deganda, ko‘z oldimizda, avvalo, ona yurtimizning go‘zal timsoli namoyon bo‘ladi.

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da yaxshi niyat bilan katta dastur va rejalar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz bu ishlarda oila va jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish, ezgulik va adolatni qaror toptirish uchun ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxonlarimiz, “mahalla yettiligi”, faol fuqarolarimiz yaqindan ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Fursatdan foydalanib, ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan jonkuyar mahalla raislari va faollarini, barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabriklab, ularga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Facebook
|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli nurafshonliklar!

Sizlarni yangilanish fasli – Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z o‘zbek xalqining asriy qadriyatlarini o‘zida tarannum etuvchi ezgulik bayramidir. Shunday qutlug‘ kunda yurtimizga, jonajon Nurafshon shahrimizga, mahallalarimiz va har bir xonadonimizga tinchlik, totuvlik tilab qolaman.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li yuksak bo‘lsin, yutuqlari bardavom bo‘lsin. Hazrat Mir Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda: “Har tuningiz qadr bo‘libon, har kuningiz bo‘lsin Navro‘z.”

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimi
Ilxom Maxmudjonovich Klichxanov


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1