Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.8K links
Download Telegram


Nurafshon shahridagi “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostidagi umumxalq sayli boshlandi.

Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon citi hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹🟦🟦

Viloyatimizning maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Navroʻz tantanalari boshlandi


Asosiy maydon tomoshasi amfiteatrda boʻlib oʻtmoqda. Bayramona bezatilgan maydonga faollar hamrohligida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kirib keldi.

Asosiy bayram tomoshalari rasmiy sahifalarimizda jonli efirga uzatiladi.

👇Jonli efir

📹YouTube | 🗳Facebook

Jarayonlarini biz bilan kuzatishda davom eting!

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Toshkent viloyatida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bahor bayrami keng nishonlanmoqda.

Bugun asosiy tantanalar Nurafshon shahridagi amfiteatr va uning atrofida tashkil qilindi.

Barchaning kayfiyati o‘zgacha. Karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarning kutib olinishi, folklor jamoalarining chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari namoyishi, dillarga quvonch ulashgan Navro‘z shukuhi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Amfiteatrga olib boruvchi katta yo‘l bo‘yida har bir tuman va shahar uchun bayram pavilyonlari ajratilgan.

Sumalak, osh, bahor ne’matlaridan tayyorlangan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa singari tansiq taomlar bayram dasturxonlarini bezadi.


Viloyat ahli va mehmonlar taomlardan tatib ko‘rib, hududlarning azaliy pazandachilik va mehmondo‘stlik qadriyatlariga baho berdi.

Asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tgan amfiteatrga qadar bo‘lgan hudud atrofida o‘zgacha kayfiyat hukmron. Har yerda Navro‘z nafasi va shukuhi, kuy-qo‘shiqlar avjida.

Bir tomonda esa, sportchi yoshlar turli milliy sport musobaqalari bilan o‘zaro bellashdilar. Bolajonlar bilan birgalikda varrak sayli o‘tkazildi.

Bunday ko‘tarinki kayfiyat bejiz emas. Viloyatning turli milliy madaniyat markazlari urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandlar, qo‘li gul musavvirlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyum va asarlari, ijod namunalari barchaga manzur bo‘ldi.


Tantanali bayram dasturidan so‘ng Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat faollari, oqsoqollar, deputatlar, martabali mehmonlar bilan birga sayilgohni aylanib, har bir nuqtada to‘xtalib, odamlar bilan suhbatlashdi, bayram bilan qutladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1