Nurafshonda katta sport musobaqasi start oldi
✅️ Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad va zafarlar tilashdi.
Ochilish marosimida bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi hamda musobaqalarga rasman start berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#jarayon
"Nurafshon" mahallasi yanada obod maskanga aylanmoqda
Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida ham “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
❕ Mazkur sa’y-harakatlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallarda yangi O'zbekiston qiyofasini shakllantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
"Nurafshon" mahallasi yanada obod maskanga aylanmoqda
Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida ham “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan:✅️ Mahallaga kirish qismida hudud nomi aks etgan zamonaviy arka o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.✅️ Hududdagi ariqlar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, ularni beton qoplama bilan mustahkamlash ishlari tashkil etilgan.✅️ Aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalanish yuzasidan targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilib, hasharlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.✅️ Mahalla hududidagi daraxtlarga agrotexnik ishlov berilib, oqlash ishlari amalga oshirilmoqda hamda yashil hududlar chiqindilardan tozalanmoqda.✅️ Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida uzoq yillardan buyon foydalanilmay kelinayotgan, avariya holatiga kelgan beton ustunlar maxsus texnikalar jalb qilingan holda demontaj qilinib, hududdan olib chiqib ketilmoqda.✅️ Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan oilaviy poliklinika hududida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy etilmoqda.
🪙 Eskrou xizmatlari bo‘yicha maksimal komissiya miqdori:✔️ ko‘chmas mulk uchun — BHMning 50%igacha (206 000 so‘m);✔️ avtotransport vositalari uchun — BHMning 25%igacha (103 000 so‘m).
#naqdsiz_tolov #naqd_pulsiz_hisob_kitob
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1🤝1
"Nurafshon - Tuyabo'g'iz qo'rg'oni" yo'nalishida avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi
Nurafshon shahri hamda qo‘shni hududlar aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida avtobus qatnov yo‘nalishlari kengaytirilmoqda. Joriy yilning 26-mart sanasidan boshlab, soat 06:00 dan e’tiboran Nurafshon – Tuyabo‘g‘iz qo‘rg‘oni yo‘nalishida ham yo‘lovchilarga muntazam xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.🇺🇿 Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-son qarori asosida, Nurafshon shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘nalishli zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo'yilgan.
To'liq grafik:
✔️ 1-raqamli avtobus yo‘nalishi: Qorasuv – Burgalik✔️ 2-raqamli avtobus yo‘nalishi: “Makro” supermarketidan – Bobur ko‘chasi orqali– “Degantepa” MFY – Nurafshon city – “Makro” supermarketigacha (aylanma yo‘nalish)✔️ 2A raqamli avtobus yo‘nalishi: “Makro” supermarketidan – To‘yabo‘g‘iz qo‘rg‘oni - Nurafshon city - “Makro” supermarketigacha (aylanma yo‘nalish)
❕Harakat vaqti: soat 06:00 dan 22:00 gacha.
Avtobuslar aholiga qulay, xavfsiz hamda hamyonbop narxlarda xizmat ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan barcha haydovchilardan yo‘nalishlar bo‘ylab transport vositalarini belgilangan joylardan tashqariga qo‘ymaslik, shuningdek, avtobuslar harakatiga to‘sqinlik qilmasliklari so‘raladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1👏1
Toshkentdan Nurafshongacha BRT (tezkor avtobus yo’lagi) quriladi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi mazkur loyiha konsepsiyasini ma’qulladi.
Loyihaning ayrim tafsilotlari:
➖ 23 kilometrlik yo’l Toshkent shahridagi Qo’yliq bozori hududidan boshlanib, Toshkent viloyatining O’rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan o’tadi va Nurafshon shahrida yakunlanadi;
➖ Loyiha konsepsiyasiga ko’ra, infratuzilma avtomobil yo’li, BRT, 9 ta bekat (5 tasi milliy, 4 tasi zamonaviy uslubda), yo’l o’tkazgichlar, ko’priklar va yerosti yo’llarini qamrab oladi. Bekatlar oralig’i o’rtacha 2,9 km bo’ladi;
➖ BRT tizimi orqali kuniga 50 mingdan ortiq yo’lovchi tashiladi. O’rtacha harakatlanish tezligi 60 km/soatgacha oshiriladi. Toshkent va Nurafshon orasida qatnov vaqti 30 daqiqagacha qisqaradi;
➖ Loyiha qiymati qariyb 120 mln dollar bo’lib, xalqaro moliya institutlari va respublika byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihani 2028-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent sport, zamonaviy jamoat joylari va madaniyatlararo muloqot shahri bo‘ladi.
—
Новый Ташкент будет городом спорта, современных общественных пространств и межкультурного диалога.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Новый Ташкент будет городом спорта, современных общественных пространств и межкультурного диалога.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1