✅✅✅✅📄 2026-yil 1-apreldan boshlab avtomobil va ko‘chmas mulk obyektlarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladiMazkur tartib
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy etilmoqda.
🟣 Hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi;
🟣 Notarial tasdiqlash jarayonida
hisob-kitoblar amalga oshirilganligi banklar tomonidan taqdim etilgan
elektron ma’lumotlar asosida tekshiriladi;
🟣 Hisob-kitoblarni amalga oshirishda
eskrou hisobvaraqlardan foydalanish mumkin.
❗️ Xaridor tomonidan pul mablag‘lari
bank orqali kirim qilinib, bitimni
notarial tasdiqlash ushbu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
🪙 Eskrou xizmatlari bo‘yicha maksimal komissiya miqdori:
✔️ ko‘chmas mulk uchun — BHMning 50%igacha (206 000 so‘m);
✔️ avtotransport vositalari uchun — BHMning 25%igacha (103 000 so‘m).
🎬 Batafsil — videorolikda#naqdsiz_tolov #naqd_pulsiz_hisob_kitob✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook