Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Yoshlar bilan jonli muloqotlar davom etmoqda

⚡️Davlat rahbarining tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan so‘ng, Nurafshon shahrida mutasaddi rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqot an’anaga aylandi.

⚡️Bugun 4-sonli umumta’lim maktabida shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyev hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdilar.

Президенты Узбекистана и Таджикистана запустили крупные проекты кооперации.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nurafshonda tibbiyot xodimlari e’tirof etildi


🟣Kuni kecha Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan “Diyora” restoranida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

🟣Unda shahar miqyosida o‘tkazilgan “Hamshira – 2026” ko‘rik-tanlovining yakuni sarhisob qilinib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamshiralar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha munosib deb topilgan tibbiyot xodimlari tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi, kasbiy mahorati, fidokorona mehnati va soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi yuksak e’tirof etildi.


🟣Shuningdek, tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi alohida ta’kidlanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy salohiyatini yanada oshirish hamda mehnatini munosib rag‘batlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani qayd etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2


NAQD EMAS — NAZORAT BOR!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246–son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida hamda elektro transport vositalarini quvvatlash xizmatlarida to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Naqd pul qabul qilinmaydi
✅️QR-kod, terminal va karta orqali to‘lovlar yo‘lga qo‘yiladi

📌Ushbu tartibning asosiy maqsadi:

✔️ yashirin iqtisodiyotning oldini olish
✔️ moliyaviy shaffoflikni ta’minlash
✔️soliq tushumlarini oshirish
✔️ xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash


📊Natijada iqtisodiy tizim yanada ochiq va ishonchli bo‘ladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ishtirokida do‘stlik konserti bo‘lib o‘tdi.

С участием Президентов Узбекистана и Таджикистана состоялся концерт дружбы.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


Pensiya ta’minoti masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan “Ma’rifat” MFY da fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.


Fuqarolar tomonidan pensiya ta’minoti masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, qabul jarayonida mehnat daftarchalarini raqamlashtirish, pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tizimining afzalliklari tushuntirildi.

⚡️Shuningdek, fuqarolarga Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyat boshqarmasining (95-340-40-18) hamda Nurafshon shahar bo‘limi (55-903-12-98) ishonch telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligi ma'lum qilindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mahallalarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi hamda shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida “Ma’rifat” mahallasida “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🟣 Bellashuv jarayonida ishtirokchi jamoalar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkor va aniq javob berish orqali o‘z bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatini namoyon etdilar. Musobaqa murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Ma’rifat yoshlari” jamoasi g‘olib deb topilib, musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ko'chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar endi naqdsiz shaklda notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi


🔰 Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, sotuvchi va xaridor o'rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash hamda bitimlarni rasmiylashtirish jarayonida axborot xavfsizligi va ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlash maqsadida:

Adliya vazirligi Ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o'rtasida elektron ma'lumotlar almashish tartibi to'g'risidagi nizomni (ro'yxat raqami: 3790, 16.03.2026-y.) davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

🔎 2026-yil 1-apreldan ko'chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o'rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o'rtasidagi elektron ma'lumotlar almashish yo'li bilan aniqlanadi.

📋 Unga ko'ra, endilikda notariuslar ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlashni taraflar o'rtasidagi hisob-kitoblar bo'yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma'lumotlar asosida amalga oshiradi.

Ko'chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

✍️ Xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi;

💸 Bank tomonidan taraflar o'rtasida shartnoma bo'yicha kelishilgan pul mablag'lari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag'iga kirim qilinadi;

📲 SHartnoma to'lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, tegishli eskrou hisobvarag'iga taraflar o'rtasida kelishilgan (boshlang'ich) pul mablag'lari kirim qilinadi;

🔗 Shartnoma to'liq yoki qisman kredit mablag'lari asosida amalga oshirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma'lumot yuboriladi;

🪪 Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin;

📞 Taraflar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;

Notarius eskrou hisobvarag'ida mablag'lar mavjudligini elektron shaklda tekshirib oladi hamda shartnomani tasdiqlaydi;

💵 Pul mablag'lari sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag'iga o'tkaziladi yoki hisobvarag'iga o'tkazilgan mablag'lar ularning so'roviga ko'ra naqd shaklda taqdim etiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM