NAQD EMAS — NAZORAT BOR!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246–son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida hamda elektro transport vositalarini quvvatlash xizmatlarida to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
📌 Ushbu tartibning asosiy maqsadi:✔️ yashirin iqtisodiyotning oldini olish✔️ moliyaviy shaffoflikni ta’minlash✔️ soliq tushumlarini oshirish✔️ xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalariuyushmasi hamkorligida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi o‘tkaziladi.
16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.
1 – bosqich.
2 – bosqich.
3 – bosqich.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalariuyushmasi hamkorligida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi o‘tkaziladi.
16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.
1 – bosqich.
Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;
2 – bosqich.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;
3 – bosqich.
Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Nurafshonda kriminogen holatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Jarayonda mahalla yettiligi va mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🟢 Shuningdek, hududga o‘rnatilgan videokuzatuv va PTZ kameralar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mahalla bo‘ylab o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
❗️Mazkur manzilli o‘rganishlar hududda xavfsiz muhitni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
2026 yil 30 mart kuni soat 16:00 da Nurafshon shahar prokuraturasi binosida, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda shahardagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik
Toshkent viloyatida zamonaviy Qon quyish markazi foydalanishga topshirildi
Viloyat aholisining salomatligini muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish hamda qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish maqsadida Nurafshon shahrida zamonaviy Qon quyish markazi ish boshladi.
Mazkur markaz qariyb 18 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, 4 qavatli, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega. U viloyatdagi 22 ta tuman va shahar tibbiyot muassasalarini uzluksiz ravishda qon va uning komponentlari bilan ta’minlaydi.
Yangi markazda qonni qayta ishlash, tayyorlash va zaxiralash jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, u xalqaro standartlarga mos zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa qon xavfsizligi va sifatini yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi.
Ayni paytda markazda 90 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2 ta sayyor guruh hududlarga chiqib, donorlar qonini yig‘ish, aholi o‘rtasida donorlik harakatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan turli aksiyalar va tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube ✅ Facebook 🕊 Twitter

👍3❤2👏1🤝1
"Nurafshon" mahallasi obod maskanga aylandi
Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi hudud mutasaddilari, nuroniylar, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
✅️ O‘zgarishlar avvalo hudud kirish qismidanoq sezildi: mahalla nomi yozilgan muhtasham arka, zamonaviy viloyat Qon quyish markazi, shahar Oilaviy poliklinikasi, xususiy tibbiyot muassasalari va maktabgacha ta'lim tashkiloti mahalla ahli uchun chinakam bayram tuhfasi bo'ldi. Shu bilan birga, “Nurafshon” MFY binosi ham yangi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Mahalla hududida kutubxona va yangi strit-vorkaut maydonchasi ham barpo etildi.
❕Bayram munosabati bilan doshqozonlarda sumalak, palov va milliy taomlar tayyorlanib, dasturxon yozildi. Shuningdek, mazkur bunyodkorlik ishlariga o'z hissasini qo'shgan mahalla yettiligi xodimlari munosib taqdirlandilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Nurafshon” mahallasida yangi tibbiyot muassasalari ish boshladi
🏷 Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov mazkur tibbiyot muassasalarining ishga tushirilishi aholini zamonaviy va sifatli birlamchi tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishini alohida ta'kidladi.
✅ Ushbu oilaviy poliklinika 16 ta mahallada istiqomat qiluvchi qariyb 60 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.
— 1-qavatda diagnostika va qabul xonalari;
— 2-qavatda shifokorlar va hamshiralar faoliyati uchun mo‘ljallangan xonalar;
— 3-qavatda kunduzgi statsionar, fizioterapiya hamda skrining bo‘limlari tashkil etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3👏2🔥1🤝1
“Nurafshon” mahallasida maktabgacha ta’lim qamrovi yanada oshdi
❕Jumladan, bugun “Nurafshon” mahallasida 4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga tadbirkor tomonidan barpo etilgan “Wonder Land” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha hududda maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.
Muassasa 80 nafar tarbiyalanuvchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, zamonaviy talablar asosida qurilgan hamda barcha kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlangan.
Ochilish marosimida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, ushbu xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti hududda maktabgacha ta’lim qamrovini yanada oshirishini alohida ta’kidladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👌1🤝1