Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

⚡️⚡️Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.

Marosimlarda Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov ishtirok etdi.

@haqiqatonline_24
3👏2


Xodimlar salomatligi nazoratda

🟢Xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga, ularning salomatligini muhofaza qilish ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Sog‘lom mehnat jamoasi shakllanishi esa tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida bugun Nurafshon shahri hokimligida malakali tibbiyot xodimlar ishtirokida keng qamrovli tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi. Unda rahbar va barcha ishchi-xodimlar kardiolog, terapevt, nevropatolog, endokrinolog hamda stomatolog kabi tor doiradagi mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.


🟢Shu bilan birga, xodimlar uchun laborator tekshiruvlar, jumladan qon tahlillari hamda zamonaviy ultratovush (UTT) diagnostika xizmatlari tashkil etildi. O‘tkazilgan ko‘riklar orqali xodimlar salomatligi chuqur o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahrida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


Nurafshon shahar prokuraturasi binosida shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mehnat yarmarkasida hududdagi ishsiz aliment to‘lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiya nazoratidagi hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolar ishtirok etdi.

✅️Mehnat yarmarkasida 11 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 276 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.


Yarmarkada 29 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Natijada 3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 4 nafar fuqaro esa kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi


So‘nggi yillarda "Nurafshon" mahallasida olib borilgan ishlar nafaqat qurilish va obodonlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aholining farovonligini ta’minlash, inson qadrini yuksaltirish va munosib turmush sharoitlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim ijtimoiy loyiha sifatida 250 o‘rinli oilaviy poliklinika 2 mlrd 844 mln so‘m mablag‘ hisobidan barpo etildi.

Poliklinika zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, mahalla aholisi uchun qulay va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi — Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра иностранных дел Республики Казахстан Ермека Кошербаева, прибывшего в нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #qabul #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1👍1