Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026 yil 14 aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Degantepa" MFY binosida, shahar hokimligi, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda — Evalak mahallasida navbatdagi uchrashuv


Avvalroq xabar berilganidek, Nurafshon shahrida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadidagi targ‘ibot guruhi samarali faoliyatini olib bormoqda. Targ'ibot tadbirlari doirasida Evalak mahallasidagi 1-son umumta’lim maktabida ham pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

✅️Muloqotda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'.Rashidov, hamda Kengash mudiri K.Umarboev ishtirok etib, so‘nggi yillarda viloyatimiz, xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayni shu jarayonlarda pedagoglar zimmasiga yuklanayotgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.


Uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarni bilimli va vatanparvar ruhda tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish hamda bu sohada sud nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по дальнейшей либерализации порядка применения финансовых штрафов в отношении субъектов предпринимательства и повышению эффективности судебного контроля в сфере.

#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #jarimalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔴🟦🟦

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafashon shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


📱Facebook

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida o‘tkazilgan "Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari" tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi: mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida shahar prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

✔️Shuningdek, 2026-yilning I-choragi davomida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bajarilgan amaliy ishlar va istiqboldagi rejalar xususida shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Yuldashevning hisoboti tinglanib, mazkur yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.

✔️Shuningdek, shahar hokimligi va shahar korxona va tashkilotlarida topshiriqlar ijro holati ko‘rib chiqildi. Aholi takliflari asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirish, ularning ichidan eng dolzarblarini tanlab olish jarayonlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

✔️Ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdi. Bundan tashqari, shahar tibbiyot birlashmasining joriy yil birinchi choragidagi faoliyati ham ko‘rib chiqildi.


Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Davlat xavfsizlik xizmati kubogi futbol musobaqalari 2026-yilgi mavsum Nurafshon shahar bosqichi ochilish o'yinlari tafsilotlari “Futbol TV” telekanali lavhasida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2🤝1


Nurafshonda muhim farmon mazmuni aholiga yetkazilmoqda

📌Bugun Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi 33-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir jamiyatda ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, ularni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi dolzarb vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.

✅️Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ekspert kengashi a’zosi, professor Jamila Shermuhammedova, Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda O‘rta Chirchiq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi mas'ullari ishtirok etdi. Ular o‘z chiqishlarida Farmonning ahamiyati, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ayollar va bolalarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, oiladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda zo‘ravonlikka qarshi kurashishda davlat va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan yangiliklar va ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida misollar keltirildi.


Targ‘ibot tadbiri ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlarning mazmunini chuqur anglashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1