Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Oilalar ajrimi oldi olinmoqda


🚛 Nurafshon shahrida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarni yarashtirish hamda oilaviy muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova, shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J. Axmedkulov, shahar mahallalar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekani, uning mustahkamligi esa jamiyat barqarorligining muhim omili hisoblanishini alohida ta’kidladi.


🔂Uchrashuvda tegishli tashkilot mutasaddilari ham ishtirok etib, oilaviy nizolarni hal etish, farzand tarbiyasi, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berdi.

🏷Tadbirga ajrim yoqasidagi 13 ta oila qamrab olinib, olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari natijasida 7 ta oila yarashtirildi. Natijada 11 nafar voyaga yetmagan farzandlarning to‘laqonli oilada tarbiya topishiga erishildi.

Mazkur uchrashuv oilalar barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda ajrimlar sonini kamaytirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1


🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yosh ijrochilar tanlov nizomiga asosan opera, anʼanaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.


Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.

❗️Mazkur tanlov Nurafshon shahar madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2🤝1


SHOU-KONSERT DASTURIGA MARHAMAT!


Bugun soat 19:00 da Nurafshon shahri markazidagi bog‘da “Yurtim munavvar oqshomlari” nomli madaniy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar dastur bo‘lib o‘tadi.

Mazkur badiiy kechada Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan siz aziz muxlislar uchun yorqin chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va unutilmas konsert dasturi taqdim etiladi.


❗️Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring hamda go‘zal oqshom zavqini rang-barang favvoralar tarovati bilan his qiling.

📌Manzil: Nurafshon shahar markazidagi favvora maydoni (Lokatsiya)
🕖 Vaqt: 19:00
🎟 Kirish mutlaqo bepul!


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3-4-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 3–4 мая примет участие в мероприятиях 59-го ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка развития в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Республики Корея во главе с заместителем Премьер-министра, министром экономики и финансов Ку Юн Чхолем.

#Mirziyoyev #qabul #JanubiyKoreya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Toshkent viloyatida ijtimoiy xizmatlar sifati yangi bosqichga chiqmoqda
.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 59-го ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка развития, проходящего в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X