Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida onalik va bolalik muhofazasi rivojlanmoqda

📌Hududda aholi salomatligini ta’minlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash va onalar uchun qulay sharoit yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, homilador ayollar va yosh onalar uchun onalik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga homiladorlik davrida to‘g‘ri parvarish, sog‘lom turmush tarzi hamda bola parvarishi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Shuningdek, ular muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur dori vositalari va vitaminlar bilan ta’minlanmoqda.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasalari tomonidan onalar va bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, profilaktik tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda.


Bu esa hududda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Serbiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Marko Jurichni qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра иностранных дел Республики Сербия Марко Джурича, прибывшего в нашу страну с визитом.

#Mirziyoyev #qabul #Serbiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


Burch, jasorat va matonat timsollari bilan jonli muloqot


📌Bugun Nurafshon shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mahalla nuroniylari hamda yoshlar ishtirokida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Abdusamat Nosirov, shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo‘ra Axmedkulov hamda faol nuroniylar va hudud yoshlari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida boy hayot tajribasiga ega nuroniylar tomonidan bugungi tinch va osoyishta hayot osonlik bilan qo‘lga kiritilmagani, uning zamirida minglab insonlarning fidoyiligi, jasorati va qurbonliklari mujassam ekani haqida ta’sirchan fikrlar bildirildi.

Yosh avlodga Vatan tinchligini asrash, yurt ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi.

❗️Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar, hayotiy saboqlar va ezgu nasihatlardan bahramand bo‘ldilar. Yakunda yoshlar tarbiyasiga ulkan hissa qo'shib kelayotgan nuroniylar va faol yigit-qizlar shahar hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👌1🤝1