Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#hamkorlik
Yirik urug‘chilik markazi va mahsulot taqsimlash punkti tajribalari bilan tanishildi
Qishloq xo‘jaligi muvaffaqiyatlarining zamini urug‘chilikdan boshlanadi. Ayni paytda Ispaniyada xizmat safari bilan bo‘lib turgan Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya yirik urug‘chilik marakazi tajribalari bilan tanishdi.
Almeriya viloyatida joylashgan Grupo Cristalplant S.L. kompaniyasi urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish sohasidagi yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. Kompaniya asosan fermerlar tomonidan taqdim etilgan urug‘lar asosida yuqori sifatli ko‘chatlar yetishtirish, turli navlarni payvand qilish hamda ko‘chatlarni belgilangan bosqichgacha professional parvarishlash bilan shug‘ullanadi.
Delegatsiyani kompaniya rahbari Xosep Blanko kutib oldi va korxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi.
Korxona yillik 300 million donagacha ko‘chat yetkazib berish quvvatiga ega bo‘lib, tarkibida urug‘larni untirish, ko‘chatlarni payvand qilish va regeneratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy laboratoriya markazi faoliyat yuritmoqda.
30 gektar hududda joylashgan mazkur majmuada innovasion agrotexnologiyalar, avtomatlashtirilgan parvarish tizimlari va yuqori samarador ishlab chiqarish yechimlari keng qo‘llanilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

Uchrashuv davomida urug‘chilik, ko‘chatchilik, innovasion agrotexnologiyalar hamda Toshkent viloyatida zamonaviy ko‘chatchilik markazlarini tashkil etish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.Delegatsiya, shuningdek, "Nature choise SL" kompaniyasida ham bo‘ldi. Bu yerda kompaniya rahbari Arinero Xose Mariya mahsulot saralash va taqsimlash, ichki va Yevropa bozorlariga yuborish borasidagi jarayonlar haqida gapirib berdi.
Shuningdek, tashrif doirasida kompaniyada qo‘llanilayotgan ilg‘or urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish tajribalari o‘rganilib, sohadagi innovasion yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligida yuqori hosildor va eksportbop mahsulotlar yetishtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda sohadagi malaka va tajriba almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
✅ Sizga tanishingiz nomidan kelgan “tezda pul tashlab ber”, “qiyin ahvoldaman”, “keyin qaytarib beraman” degan xabar haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.
Firibgarlar Telegram akkauntlarni egallab, odamlarni o‘z yaqinlari nomidan aldashmoqda.
Pul o‘tkazishdan oldin albatta qo‘ng‘iroq qilib tekshiring!
Firibgar shoshiradi, ogoh fuqaro tekshiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1👌1🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qizlar tarbiyasiga e’tibor — kelajakka e'tibor
Nurafshon shahridagi 9-umumta’lim maktabida o‘quvchi-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
✅ Unda shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, qizlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, bilim olishga bo‘lgan intilishi, kasb tanlashi va kelajakda munosib hayot qurishi borasida muhim tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🤝1
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i — Mirkarim Axmadjonov tavallud topgan kun
Hurmatli Mirkarim Axmadjonov!
Vazifalarga yuqori mas’uliyat bilan yondashib, yoshlar manfaatlari yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz, tashabbuskorligingiz va fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiqdir.
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu quvonchli kunda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lsin.
Yurtimiz ravnaqi hamda yoshlar kamoloti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13❤4👍3🤝2
"Pensiya guvohnomasi"dan onlayn foydalanish mumkin
Hurmatli pensionerlar!
🔸 Ushbu qulaylikdan foydalanib, pensioner ekanligingizni tasdiqlovchi "Pensiya guvohnomasi"ni onlayn ko‘rishingiz va so‘ralgan joyga elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.
❗️Batafsil yo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari tahlil qilindi
Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari D. Kasimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat.
✅ Jarayonlarda viloyat prokuraturasi, hokimlik hamda hududiy sanoat shtabi vakillari ishtirok etib,"CHINA KAIYAN STAR BUSINESS" hamda "HENG DA GROUP" korxonalariga tashrif buyurildi.
O'rganishlar davomida korxonalarda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishiga sabab bo‘layotgan muammolar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, realizatsiya va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2