Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Eng ibratli oilalar taqdirlandi


Bugun Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva hamda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, shahardagi 11 ta namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirildi.


Taqdirlash jarayonida shahar faollari, nuroniylar, mahalla ahli hamda yosh oilalar qatnashib, jarayon ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, mehmonlar uchun samimiy muloqot va iliq suhbatlar tashkil etildi, dasturxon yozildi. Yakunda ibratli oilalarning jamiyatdagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1👏1


E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 511 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sana

Bugun, 15-may — Xalqaro oila kuni!

Oila
jamiyatning tayanchi, mehr-muhabbat, tarbiya va ezgulik maskanidir. Inson qalbida vatanparvarlik, hurmat, oqibat va sadoqat kabi eng yuksak fazilatlar aynan oilada shakllanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 15-may sanasi 1994-yildan buyon butun dunyoda Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.


Mazkur sana jahon hamjamiyati e’tiborini oilaviy qadriyatlarni asrash, oila institutini mustahkamlash hamda bu boradagi dolzarb masalalarga qaratishga xizmat qiladi.

Yurtimizda ham oilaga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 15-may sanasi har yili mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Aziz Toshkent viloyati ahli!

Sizlarni Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat, fayzu baraka va baxt-saodat bardavom bo‘lsin!

Zero, Oila tinch bo‘lsa – jamiyat barqaror bo'ladi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1


Nurafshon shahrida “Ayollar sport olimpiadasi” qizg‘in jarayonlar bilan o‘tdi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Ayollar sport olimpiadasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizdagi barcha hududlardan tashrif buyurgan mahalla faol ayollari ishtirok etib, sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, 60, 100 va 400 metrga yugurish hamda uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.


Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, xotin-qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbirda Nurafshon shahar xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1


🇺🇿 O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda

IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:

🟢Andijon viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Farg‘ona viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢Toshkent shahri

Kimlar qatnashishi mumkin?

— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar

Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️ Mahorat darslari
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish

🔜 Arizalar qabuli: 15–25-may

👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar “Sevimli” telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🤝1