Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальном саммите Организации тюркских государств на тему «Искусственный интеллект и цифровое развитие».

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmatidan maxsus videorolik

Ibrat boylik yoki hashamat bilan emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat, totuv hayot va halol mehnat bilan bunyod etiladi.

Nurafshonlik Bahodir ota va Ziyoda aya Aytqulovlar xonadoni ana shunday ibratli oilalardan biridir. Ular bu yil “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga munosib topildi. Ushbu e’tirofga esa uzoq yillik fidokorona mehnat, pok niyat va oilaviy qadriyatlarga sadoqat orqali erishdilar.

🟢 Bahodir ota qariyb 50 yildan buyon mahallada sartaroshlik qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida yuzga yaqin shogirdlarni tarbiyalab, kasb sirlarini o‘rgatdi. Bugungi kunda esa kenja o‘g‘li ota kasbini olib, oilaviy an’anani munosib davom ettirmoqda.

🟢 Ziyoda aya esa mohir tikuvchi sifatida uch nafar kelini bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. U nafaqat farzandlari va nabiralariga hunar o‘rgatmoqda, balki mahalladagi 10 ga yaqin xotin-qizning bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda.


Bugun Bahodir ota va Ziyoda aya 4 nafar farzand, 11 nafar nabira bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdalar. Eng muhimi, ular o‘z mehnati, mehr-oqibati va ahil hayoti bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Nurafshon shahrida ana shunday fayzli va ibratli oilalar ko‘p. Aytqulovlar oilasi esa shunday xonadonlarning biri, xolos.

Barcha yurtdoshlarimizni Xalqaro oila kuni bilan muborakbod etamiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3
#xushxabar

Artur Guliyev — Jahon kubogi g‘olibi!

Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.


Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 200 metr masofaga kanoe yo‘nalishida kechgan bahslarida viloyatimiz sportchisi nurafshonlik Artur Guliyev yuksak natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Vakilimiz final poygasida 38.44 soniya natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

🥇 Artur Guliyev (Oʻzbekiston) — 38.44
🥈 Pablo Grana (Ispaniya) — 38.63
🥉 Sergey Svinarev (Rossiya) — 39.09


Mazkur muvaffaqiyat oʻzbek eshkak eshish sportining xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 16-may kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

08:00 – 12:00 ("Oybek", "Obod turmush", "Muqimiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2👏1👌1🤝1


SHOU-KONSERT DASTURIGA MARHAMAT!


17-may kuni soat 19:00 da Nurafshon shahri markazidagi bog‘da “Yurtim munavvar oqshomlari” nomli madaniy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar dastur bo‘lib o‘tadi.

Mazkur badiiy kechada Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan siz aziz muxlislar uchun yorqin chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va unutilmas konsert dasturi taqdim etiladi.


❗️Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring hamda go‘zal oqshom zavqini rang-barang favvoralar tarovati bilan his qiling.

📌Manzil: Nurafshon shahar markazidagi favvora maydoni (Lokatsiya)

🕖 Vaqt: 19:00
🎟 Kirish mutlaqo bepul!


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NO COMMENT: Nurafshon shahar "Evalak" qabristonida katta hashar tashkil qilindi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Ayollar sport olimpiadasi” musobaqasi tafsilotlari “NURAFSHON TV” telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


🖐“Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan shashka-shaxmat musobaqasining shahar bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada shashka turi bo‘yicha 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalaridagi ishtirokchilar o‘zaro murosasiz bahslarda bellashdilar. Shuningdek, shaxmat yo‘nalishida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar aql-zakovati, strategik fikrlashi hamda yuksak iste’dodlarini namoyon etib, musobaqaga yanada yuqori ruh bag‘ishladilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1