Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan shashka va shaxmat musobaqalarining Nurafshon shahar bosqichi qizg'in bahslar bilan o‘tdi.

Musobaqada shashka yo‘nalishi bo‘yicha 16–21, 22–26 va 27–30 yosh toifalaridagi ishtirokchilar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda bellashdilar. Shuningdek, shaxmat yo‘nalishida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar o‘zlarining aql-zakovati, strategik fikrlashi va yuksak mahoratini namoyon etib, musobaqaga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladilar.


Yakunda g‘olib hamda sovrindorlar tantanali ravishda diplom, esdalik sovg‘alari va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1


1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi


Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.

III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.

Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.


Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1🤝1


FOTOREPORTAJ: Nurafshon shahrida muborak Qurbon hayiti arafasida keng qamrovli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в открытии Всемирного форума по урбанизации в Баку.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida investitsiya va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar “Nurafshon TV” telekanalining maxsus lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🤝1


RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “NURAFSHONDA OILA FOJIASI! NEGA HECH KIM CHORA KO‘RMAYAPTI?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahrining “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan joriy yilning 21-aprel kuni oilaviy masala yuzasidan Nurafshon shahar hokimligiga murojaat qilingan. Mazkur murojaat hokimlikning murojaatlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan.

Holat shu kunning o‘zida nazoratga olinib, ishchi guruh tuzilgan hamda Odob-axloq komissiyasi shakllantirilgan. (Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 14-moddasiga ko'ra batafsil ma'lumotlar oshkor qilinmadi)

Tomonlar o‘rtasidagi nizoni bartaraf etish hamda oiladagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida har ikki tomon bir necha bor shahar hokimligi va Nuroniylar maskaniga chaqirtirilgan. Biroq, ma'lum sabablarga ko‘ra tomonlar to‘liq tarkibda ishtirok etmagan hamda murojaatchi tomonidan muhokamani boshqa muddatga qoldirish so‘ralgan.

Shuningdek, murojaatda nomi tilga olingan mahalla xotin-qizlar faoli salomatligi bilan bog‘liq ravishda davolanish jarayonida bo‘lgani, holat esa qo‘shimcha o‘rganishni talab qilgani hamda masala oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq ekani inobatga olinib, komissiya tomonidan qo‘shimcha muddat belgilangan. Bu haqda Nurafshon shahar hokimligining murojaatlar bo‘limi tomonidan 5-may kuni murojaatchiga yozma tarzda ma’lum qilingan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganish va tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👎1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Республики Сербия Александром Вучичем.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Serbiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 19-may kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

08:00 – 13:00 ("Evalak","Oybek", "Obod turmush", "Muqimiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👎1


🚨OGOH BO‘LING: FEYK!

Internetda tarqalayotgan “Onlayn ishlash” degan yolg‘on xabarlarga ishonmang. Ular asosan UZUM brendidan noqonuniy va soxta tarzda foydalanib faoliyat yuritmoqda. Aldanib qolmang!

Diqqat! Firibgarlarning aldovli xabarlariga ishonib qolmang. “Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi!”


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


KORRUPSIYAGA GUVOH BO‘LDINGIZMI?

SHAXSAN PENSIYA JAMG‘ARMASI IJRO ETUVCHI DIREKTORIGA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN.

Pensiya jamg‘armasi tizimidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishiga guvoh bo‘lsangiz, shaxsan Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga quyidagi telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin!


🔵 @pension_antikor

❗️Hurmatli fuqarolar, Siz tomoningizdan yuborilgan murojaatlar va shaxsingiz haqidagi barcha ma’lumotlar sir saqlanadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida investitsiya va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar “Nurafshon TV” telekanalining maxsus lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1


Nurafshon yoshlari g‘oliblar safida

“Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining “Hokim olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan ayollar kurashi bellashuvlarida Nurafshon shahar sportchi-yoshlari munosib ishtirok etib, faxrli natijalarga erishdi.

🔸Musobaqa jarayonida sportchilar yuqori tayyorgarlik darajasi, matonat va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar. Qayd etilgan natijalar shaharda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasi ekanini yana bir bor tasdiqladi.


Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini erishilgan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1