#Bildirish
DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 20-may kuni shaharning "Oppoq" hududidagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!
☎️ Dispetcherlik xizmati: (99) 004-81-04
✅ Telegram 🌐 Instagram 📹 YouTube✅ Facebook
DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 20-may kuni shaharning "Oppoq" hududidagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
🔴 Oppoq mahallasi Toshkent yo‘li va Oppoq ko‘chasi,🔴 Hurriyat mahallasi Hurriyat ko‘chasi
,🔴 Taraqqiyot mahallasi 26-27-uylar.🕐 08:00 dan 17:00 ga qadar;
❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!
☎️ Dispetcherlik xizmati: (99) 004-81-04
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonlik yosh polvonlarning navbatdagi yutug‘i
🟣 Musobaqalar davomida yosh sportchilar o‘zlarining yuqori tayyorgarligi, matonati, kuch-g‘ayrati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etib, Nurafshon shahri sharafini munosib himoya qildilar. Ayniqsa, sport maktabida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va tajribali murabbiylar tomonidan olib borilayotgan tizimli mashg‘ulotlar yosh polvonlarning muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Nurafshon shahar hokimi stipendiyasi” hamda “Ta’lim iftixori” mukofoti uchun nomzodlar saralanmoqda
Yurtimizda azaldan e’zozlanib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomi hamda qadr-qimmatini yanada yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini inobatga olgan holda, Nurafshon shahridagi eng namunali, tashabbuskor hamda iqtidorli o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida ushbu mukofotlar yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Nurafshon shahar hokimining 2024-yil 30-sentabrdagi 242-10-213-Q/24-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida 2025–2026-o‘quv yili uchun eng namunali, tashabbuskor va iqtidorli o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning intilish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash bo‘yicha nomzodlar bugun maxsus komissiya tomonidan nizom asosida ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolarining fikr va mulohazalari hamda nizom talablariga muvofiq, nomzodlarning hujjatlari, o‘qish davridagi faoliyati va erishgan yutuqlari atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mazkur mukofot tizimi iqtidorli yoshlarni yanada yuksak natijalarga undashi, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISHSIZLIKDAN DAROMADLI FAOLIYATGACHA...
Nurafshonlik Durdona Muhammadjonova parvarishida imkoniyati cheklangan shaxs bo‘lgani bois muntazam uy sharoitida bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu holat uning mehnat qilish, rivojlanish va o‘z daromadiga ega bo‘lish yo‘lidagi intilishlariga to‘sqinlik qilmadi.
✅ “Dehqonobod” MFY hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan 60 million so‘mlik imtiyozli kredit hamda subsidiya asosida berilgan skuter qurilmasi bugungi kunda 2 nafar oila a’zosining bandligini ta’minlab, ularning daromad manbaiga aylangan.
Bugun qahramonimiz o‘z mehnati, qat’iyati va intilishi orqali ko‘plab insonlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Uning kelgusidagi maqsad va rejalari haqida esa lavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1🤝1
NURAFSHON SHAHRIDA DXX KUBOGI VILOYAT BOSQICHIGA QUR'A TASHLANDI!
✅ Rasmiy marosim davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi:
Futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etuvchi mahalla jamoalarining o‘zaro raqiblari aniqlandi;
Hakamlar brigadasi va maydonlarning shayligi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Nurafshon shahar jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda, shuningdek, Piskent tumani, Ohangaron tumani, Olmaliq shahri, Angren shahri hamda Bo‘ka tumani jamoalari ham ishtirok etadi.
Musobaqaning viloyat bosqichida shahrimiz sharafini katta futbol bo‘yicha “Obod turmush” mahalla jamoasi, mini futbol yo‘nalishida esa “Dehqonobod” mahalla jamoasi himoya qiladi. Nurafshonlik sportchi-yoshlarimizga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz! Yigitlarimizdan maydonda munosib ishtirok, chiroyli o‘yin va g‘alabalar kutib qolamiz. Nurafshon sharafini himoya qilayotgan jamoamizga kuch-g‘ayrat, birdamlik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM