Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Adabiyotga oshno qalblar uchrashuvi

Nurafshon shahridagi viloyat Yozuvchilar uyushmasida 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, senator Mahmud Toir bilan samimiy muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

🏷Uchrashuv jarayonida adib tomonidan ijod, kitobxonlik, vatanparvarlik hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi haqida qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi. O‘quvchilar yozuvchining hayoti va ijodiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar ijodkorning she’rlaridan namunalar o‘qib, badiiy chiqishlar orqali yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdilar.


Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida kitobga mehr, adabiyotga qiziqish hamda ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan avtotransport vositalarini sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Probatsiya nazoratidagilar uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi

💠Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda shahar IIB Probatsiya guruhi hamkorligida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbirda Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik S. O‘ktamov ishtirok etib, jarayonlarni bevosita kuzatdi hamda ishtirokchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarni o‘rgandi.

🟣Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida jami 5 ta korxona va tashkilot tomonidan 22 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, mavjud vakansiyalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


🔹Yarmarkaga 7 nafar mahkum jalb etilib, ularning 4 nafari ish bilan ta’minlandi, 2 nafariga huquqiy maslahat berildi, 1 nafariga esa ishga yo‘llanma taqdim etildi. Bunday tadbirlar fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni jamiyatga moslashtirish hamda bandlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#yoshlar_kuni

Cyber university talabalari bilan raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent viloyati hokimining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi Komiljon Xamidjonov tashabbusi bilan dasturlash va zamonaviy texnologiyalar olamiga katta qiziqish bildirayotgan iqtidorli yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida bugungi raqamli davrning eng dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashilib, yoshlar uchun muhim tavsiya va yo‘nalishlar berildi.

Suhbat davomida dunyo miqyosida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgan innovatsion startap g‘oyalari, IT sohasidagi eng so‘nggi va istiqbolli texnologiyalar, sun’iy intellekt (AI), Machine Learning hamda raqamli yechimlarning kelajakdagi o‘rni, shuningdek, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, zamonaviy kasblar va o‘sish yo‘llari yuzasidan keng fikr almashildi.

Tadbir davomida talabalar va yosh dasturchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatida qo‘l keladigan amaliy tavsiyalar, foydali platformalar va innovatsion yondashuvlar bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari orqali mahallalar obodligini ta’minlash, hududlarni saqlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarni mahalla obodligi va atrof-muhit musaffoligini ta’minlash jarayonlariga keng jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, mazkur keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlarida shahar hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar jamoalari, deputatlar, jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlar faol ishtirok etmoqda.


Hashar va obodonlashtirish ishlari doirasida mahallalar infratuzilmasi yaxshilanib, hududlarda tozalik ishlari olib borilmoqda, manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, yangi yashil hududlar barpo etilmoqda.

Mazkur ishlar shahar hududlarining sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2