Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Yoshlar kunida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar


🇺🇿Prezidentimiz tashabbusi bilan payshanba kunining “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🟣Shu munosabat bilan bugun Nurafshon shahri yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi, “Sanoatqurilishbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” hamda “Milliy bank” mutasaddilari ishtirok etdi.


Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari hamda kasb-hunar egallash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.

🏷Uchrashuv yakunida 1 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi, shuningdek, 3 nafar yoshning doimiy bandligi ta’minlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


O‘rdakchilik — xobbi emas, qo‘shimcha daromad!

🪿Parranda azaldan yetti xazinaning biri sanalgan. Bugun Nurafshon shahrida ushbu “xazina” dan aholini qo‘shimcha daromad manbalari bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda eng muhimi, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida keng foydalanilmoqda.

Jumladan, “Dehqonobod” MFY hududida yillar davomida foydalanilmay kelgan zovur atrofi maxsus qoplamalar bilan o‘ralib, 18 ta xonadonga qariyb ikki mingga yaqin o‘rdak tarqatildi. Hozirda tuxumlash mavsumida ushbu “xazina” egalariga sezilarli daromad ham keltirmoqda. Mahalla ahlining rejalari esa katta.


Qolgan tafsilotlarni videoda qahramonimiz Bahrom Ergashovning o'zidan eshiting.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1


E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chma savdo joylarini sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 512 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


❗️🔴🟦🟦

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafashon shahar Kengashining 20-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


Facebook

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


🔴 Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi “Nurafshon arena” sport majmuasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ning Toshkent viloyati bosqichi boshlanish arafasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILDIRISH!

Bahor mavsumida kuzatilayotgan kuchli va davomli yog‘ingarchiliklar natijasida Toshkent viloyatining ayrim hududlarida suv toshqinlari hamda sel-suv oqimlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi ortmoqda.

Mazkur holatlarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida maxsus tezkor SHTAB tashkil etilib, barcha tegishli xizmatlar kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib bormoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Agar yashash hududingizda suv toshqini, sel kelishi, ariqlarning to‘lib oqishi, yo‘llarni suv bosishi yoki boshqa favqulodda holat xavfi sezilsa, zudlik bilan quyidagi aloqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi:

Shtab telefoni (24/7):
+998559031131
+998559031110

Tezkor aloqa:
112, 1050, 101

Shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik kuzatilayotgan kunlarda quyidagi ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishingiz tavsiya etiladi:

— ariqlar, zovurlar va irrigatsiya tarmoqlariga maishiy chiqindilar tashlamaslik;
— suv oqimlariga yaqin hududlarda ehtiyotkorlikni kuchaytirish;
— zarurat bo‘lmaganda tog‘oldi hududlari, soy va sel kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarga bormaslik;
— voyaga yetmagan farzandlarni nazoratsiz qoldirmaslik;
— rasmiy manbalar orqali berilayotgan ogohlantirish va tavsiyalarga amal qilish.


Unutmang!

Favqulodda vaziyatlarning oldini olishda har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Jinoyat muhokamasi — ogohlik va xulosa uchun muhim

Nurafshon shahar prokurori o‘rinbosari S.Qarshiyev hamda shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Kubekbayevlar boshchiligida “Navro‘z” mahallasi aholisi ishtirokida navbatdagi jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning kelib chiqish sabablari hamda oqibatlari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Jumladan, fuqarolardan biri internet ijtimoiy tarmoqlari orqali noqonuniy psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, tezkor tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish vaqtida ushlangani muhokama qilindi. Ushbu jinoyatning ayanchli oqibatlari, ayniqsa yoshlar salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zarari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Mutasaddilar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalar asr vabosi ekanligi, bu illatga qarshi barcha birgalikda kurashishi lozimligi ta’kidlandi.


Shuningdek, boshqa bir holatda spirtli ichimlik ta’sirida jamoat tartibini buzib, atrofdagilarning tinchligini izdan chiqargan fuqaroning xatti-harakatlari muhokama qilinib, bunday holatlar mahalla osoyishtaligi va jamoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Tadbir davomida aholiga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, yoshlarni turli yot g‘oya va zararli illatlar ta’siridan asrash borasida tavsiya va tushuntirishlar berildi.


Yig‘ilish yakunida fuqarolar qonunlarga hurmat ruhida yashashga, mahallada tinchlik va osoyishtalikni saqlashda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🔴Avval xabar berilganidek Nurafshon shahridagi “Nurafshon arena” majmuasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ning 2026-yilgi mavsumi doirasida viloyat bosqichi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida soʻz olganlar ishtirokchilarga omad tiladi hamda nogironligi bor shaxslarni matonati, mustahkam irodasi va hayotga intilishi barcha uchun ibrat ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, mazkur musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki imkoniyatlar tengligi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini ulug‘lash maydoni ekanini qayd etdi.


Musobaqada imkoniyati cheklangan shaxslar faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1