Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Xayriya tadbirida bolalarga quvonch ulashildi


🔹Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” to‘yxonasida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan homiylar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning 20 nafar farzandi uchun xatna to‘yi tashkil etildi.

🟣 Tadbirga el suygan san’atkorlar tashrif buyurib, o‘zining dilbar va betakror ijod namunalari bilan ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Ularning chiqishlari bayram shukuhini yanada oshirib, tadbirga o‘zgacha fayz hamda ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


💠Mazkur xayriya tadbiri doirasida bolalar uchun bayramona dasturxon yozildi hamda ularga quvonchli va unutilmas lahzalar tuhfa etildi. Ushbu ezgu tashabbus jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👎1👏1🤝1
“Bu yil ko‘p millatli xalqimiz bilan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta bayram qilamiz.

Ko‘rib turibsizlar, dunyoda qanday tahlikali holat, qarama-qarshilik va nizolar ro‘y beryapti. Bunday vaziyatda biz uchun milliy birlik va hamjihatlik har qachongidan ham muhim.

Ishonchim komil, bu borada sizlar eng oldingi safda turib, chinakam vatanparvarlik, millatga sadoqat va fidoyilik fazilatlaringiz bilan yoshlarimizga, butun xalqimizga namuna bo‘lasizlar.

Yaratganning o‘zi yurtimizni panohida asrasin, boshlagan ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin!”
,

– dedi Prezidentimiz muloqot yakunida.

Uchrashuv davomida soha vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

Facebook|Instagram|X


Nurafshon shahri iftihorlari e'tirof etildi


Bugungi kunda Nurafshon shahrida sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyat va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sportchi yigit-qizlarimizning yurtimiz va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bir guruh iqtidorli yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning erishgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, ularning sport yo‘lidagi mashaqqatli mehnat alohida ta’kidlandi. Shaharimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchilar tashakkurnomalar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda sportdagi faoliyati va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vitaminlar jamlanmalari bilan taqdirlandi.

🏆Xususan:

🏅Artur Guliyev — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni;
🏅Mirjamol Komilov — ushbu yo‘nalishda jahon chempionatining kumush medal sovrindori;
🏅Milana Dushevyanich — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni;
🏅Shahzoda Mamadaliyeva — parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni sifatida e’tirof etildi.


Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.

Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Nurafshon shahrida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Baydarka va kanoeda eshkak eshish sporti bo‘yicha yuksak natijalarni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarayotgan sportchilar — Nurafshon shahri iftixorlari munosib e’tirof etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2👌1


❗️Bugun ertalab soat 6:00 da futbol bor! ⚽️


🇨🇦 Kanada – O‘zbekiston 🇺🇿

⚽️ "Zo‘r TV" telekanali bugun, 2-iyun tongida Kanada – O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvini jonli efirda namoyish etadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi. ⚽️🔥


Vakillarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


❗️Yoz mavsumida cho'milish havzalarida suzishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish hamda turli xildagi baxtsiz hodisalarning oldini olish to'g'risida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari kapitan Turapov Zafarjon Zokirovich ishtirokida brifing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👌1
E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Nurafshon shahrida Prezidentimizning insonparvar tashabbusi: og‘ir xastalikka chalingan yurtdoshlarimiz uchun belgilangan vaucherlarning o'z egalariga yetkazilish jarayonlari "O'zbekiston 24" telekanali maxsus ko'rsatuvida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida bayram tadbirlari tashkil etildi. Shahar markazidagi favvora oldida o‘tkazilgan tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov, jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

🔸Tadbir avvalida so‘zga chiqqan shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov bolajonlarni bayram bilan samimiy qutlab, mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.


Bayram munosabati bilan bolajonlarga muzqaymoq va salqin ichimliklar tarqatilib, ularga quvonch ulashildi. Shuningdek, Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

✅️Bolajonlarning beg‘ubor tabassumi, samimiy kulgisi va quvonchga to‘la nigohlari ushbu bayramning eng yorqin va unutilmas lahzalariga aylandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1🤝1