Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.38K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida bayram tadbirlari tashkil etildi. Shahar markazidagi favvora oldida o‘tkazilgan tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov, jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

🔸Tadbir avvalida so‘zga chiqqan shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Inomxonov bolajonlarni bayram bilan samimiy qutlab, mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.


Bayram munosabati bilan bolajonlarga muzqaymoq va salqin ichimliklar tarqatilib, ularga quvonch ulashildi. Shuningdek, Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

✅️Bolajonlarning beg‘ubor tabassumi, samimiy kulgisi va quvonchga to‘la nigohlari ushbu bayramning eng yorqin va unutilmas lahzalariga aylandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


OLG'A O'ZBEK YOSHLARI, OLG'A O'ZBEKISTON!


🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga to'p surayotgani butun xalqimiz uchun ulkan quvonch va faxrdir!

⚽️Nurafshon shahar yoshlari yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz. Yoshlarimiz nomidan shuni aytamizki, biz sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz!


Olg‘a, O‘zbekiston! Jahon chempionatida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘taring! 🇺🇿🏆

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda


1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

🟣Navbatdagi bayram dasturi Nurafshon shahridagi "Magic Town" bolalar ko‘ngilochar maskanida tashkil etildi. Unda bolajonlar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqs dasturlari namoyish etilib, unutilmas bayramona kayfiyat ulashildi.


💠Shuningdek, tadbir davomida bolajonlarga sevimli o‘yinchoqlar sovg‘a qilinib, bayram shukuhi yanada oshirildi. Bolalarning quvonchi, samimiy tabassumi va ko‘tarinki kayfiyati tadbirning eng yorqin lahzalariga aylandi.

🟣Ayni paytda Nurafshon shahridagi 4 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar ham Toshkent shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, mazmunli hordiq chiqarmoqda.

🏷Yosh avlodning baxtli va barkamol voyaga yetishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish borasidagi bunday tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2