Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️Nurafshon shahar mahalliy byudjetini I chorak ijrosini tasdiqlash

✔️“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari;

✔️Shahar sport maktabi bo‘limi boshlig‘ining joriy yil davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotini tinglash

✔️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kunidagi “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi 156-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari.


❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda sessiya kotibi va sanoq komissiya raisi xulosalari eshitirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida volontyor yoshlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostidagi donorlik aksiyasi tafsilotlari “Nurafshon TV” nigohida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📢 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚖️Joriy yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent viloyatida “Brend making” yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy taqdimotlar doirasida sayyor qabul tashkil etiladi.

Tadbir Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkaziladi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida brendni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy ko'maklashish xizmatlari ko'rsatiladi.


Bog'lanish uchun: U.Abdurashidov
+998 94 946-71-03


🗺 Manzil: Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani DAVLAT XIZMATLAR MARKAZI binosi

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


📌 Yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida Nurafshon shahridagi barcha ta’lim muassasalarida maxsus yozgi mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

⚽️ Mashg‘ulotlar davomida sport musobaqalari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar hamda turli intellektual bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


📚Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish to‘garaklari, “Mohir qo‘llar” mashg‘ulotlari hamda ko‘ngilochar va ilmiy-ommabop dasturlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚽️ O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga omad tilaymiz!

🇺🇿Nurafshon shahar hokimligi, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi, barcha hamshaharlarimiz jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan O‘zbekiston Milliy terma jamoasini yuksak qo‘llab-quvvatlaydi va ularga ulkan zafarlar tilaydi.

🤝Hurmatli futbolchilar, sizlarning g‘alabangizni butun xalqimiz qatori biz ham katta hayajon va ishonch bilan kutmoqdamiz. Maydonda matonat, kuchli iroda va yuksak mahorat namoyon etib, Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishingizga ishonamiz.


👏 Biz sizlarni doimo masofadan turib qo‘llab-quvvatlaymiz va har bir muvaffaqiyatingizdan faxrlanamiz.

🇺🇿 G‘alaba sizlarga yor bo‘lsin!

Olg‘a, O‘zbekiston!
Nurafshon yoshlari sizlar bilan birga! 🇺🇿⚽️🏆

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2👏1


Islomov Omonillo Davron o‘g‘li — Nurafshon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Omonillo Islomov 1991-yilda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalariga qaratildi.

Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

В ходе трехдневного визита в Москву наша делегация провела встречи с первым заместителем руководителя Администрации Президента Российской Федерации Сергеем Кириенко, заместителем руководителя Администрации – Пресс-секретарем Президента Дмитрием Песковым, начальниками Управления Президента по стратегическому партнёрству и сотрудничеству Вадимом Титовым, Управления Президента по общественным проектам Сергеем Новиковым и Управления Президента по развитию ИКТ и инфраструктуры связи Татьяной Матвеевой.

Также состоялись встречи с представителями ряда российских общественных и молодежных структур, креативных и медийных организаций.

Основное внимание было уделено развитию регулярного профессионального диалога и расширению взаимодействия между пресс-службами, аналитическими центрами и общественными организациями, а также проведению совместных образовательных мероприятий.

Большой интерес вызвало знакомство с деятельностью Мастерской управления «Сенеж» – современной площадки по подготовке управленческих кадров.

Проведенные встречи подтвердили нашу общую готовность к открытому диалогу, обмену опытом и реализации совместных проектов в сфере медиа и коммуникаций.

Facebook|Instagram|X