Qobil Xamdamov ilk kunlardanoq amaliy ishlar markazida
Avval xabar berilganidek, Qobil Xamdamov Muratkulovich Nurafshon shahar hokimi lavozimida ish boshladi. U shu kunning o‘zidayoq yangi vazifaga yuksak mas’uliyat bilan kirishib, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda Nurafshonga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldi.
✅ Jumladan, bugun shahar hokimi tomonidan “Toshkent yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayon davomida amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Xususan, ko‘p qavatli uylar va ularda istiqomat qilayotgan aholiga yaratilgan sharoitlarning bugungi kun talablariga mosligi, har bir holatda inson qadrini ulug‘lash tamoyilining qaror topishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishi, shahar landshafti, yashil hududlar hamda bolalar maydonchalari holatiga alohida e’tibor berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va uni yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о результатах деятельности Центра исламской цивилизации в Узбекистане и планах его дальнейшего развития.
#Mirziyoyev #taqdimot #marifat #markaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о результатах деятельности Центра исламской цивилизации в Узбекистане и планах его дальнейшего развития.
#Mirziyoyev #taqdimot #marifat #markaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qobil Xamdamov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Nurafshon shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilishda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalar, xususan soliq tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali kurashish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Jarayonda bugungi holat tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Shuningdek, belgilangan vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijrosini ta’minlash, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, mas’ul rahbarlarning javobgarligini yanada kuchaytirish hamda ijro nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shahar hokimi tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat bugun soat 10:00 dan Obod MFY aholisi uchun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva tomonidan sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
✅ Fuqarolar salomatligidagi muammolar yechimi, shifoxonada mavjud diagnostik tekshiruvlar, statsionar va ambulator davolanishlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha ma’lumotlar beriladi. Tibbiy ko‘rikka tor soha mutaxassislari, laborator va instrumental tekshiruvlar, EKG, UTT, umumiy amaliyot shifokori hamda terapevt shifokorlar jalb qilingan.
Tadbir davomida aholi uchun sog‘lom turmush tarzi tamoyillari mavzusida maslahat va tavsiyalar beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Yana bir e’tirof!
🎖 U O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbolchilarimizga omad tilaymiz!
🔺 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaydi.
🔹Olg‘a, O‘zbekiston! Yangi zafarlar sizga yor bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
"Dolzarb 90 kun" tadbirlarining dolzarb vazifalari belgilab berildi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla uyushmasi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlar bandligini ta’minlashga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, Nurafshon shahrida Yoshlar kuni tadbirlarini munosib o‘tkazish, yoshlar oyligi doirasida turli loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ma’lumot uchun, shahardagi 4-, 13- va 57-sonli umumta’lim maktablarida “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” tashkil etilib, ularga 300 nafardan ortiq o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. Maydonchalarda haftaning har bir kuni alohida yo‘nalish asosida tashkil etilmoqda: teatr tomoshalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik tadbirlari, vatanparvarlik uchrashuvlari, tarixiy maskanlarga ekskursiyalar hamda turli sport musobaqalari shular jumlasidandir.
Mazkur ishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1👎1👏1🤝1