Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholi farovonligini oshirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

🟢Nurafshon shahrida yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
🟢Хalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining 13-saylov okrugidan saylangan deputatni vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.


Sessiya davomida yuqoridagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining axborotlari tinglandi.

Muhokamalar yakunida shaharni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda


Nurafshon shahrining "Ma'rifat" MFY binosida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.


Mehnat yarmarkasida 14 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolarga jami 368 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 27 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Yakunlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, yana 2 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Qobil Xamdamov fuqarolar murojaatlarini o'rgandi

Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga qaratilgan qabul tashkil etildi.

Unda sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.


Qariyb uch soatdan ortiq davom etgan fuqarolar qabulida 21 nafar murojaat tinglanib har bir murojaatchi bilan individual suhbatlar o‘tkazildi, har bir masala atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlar asosan ijtimoiy himoya, kadastr, qurilish va infratuzilma, bandlik hamda tibbiyot sohalariga oid bo‘lib, ularning har biri yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mas’ul rahbarlarga murojaatlarni belgilangan muddatlarda hal etish va natijasi bo‘yicha fuqarolarga axborot berish vazifasi yuklatildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏5🤝21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz faoliyatining ko‘lami va shiddati: ilk O‘zbekiston – Albaniya sammiti, AQSh moliya institutlari va biznes doiralari bilan muloqot, olti davlat Bosh vazirlari bilan uchrashuvlar - barchasi bir kun ichida.

Насыщенный и интенсивный график Президента: первый в истории узбекско-албанский саммит, диалог с финансовыми институтами и бизнес-сообществом США, встречи с Премьер-министрами шести стран – все это за один день.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


MILLIY TERMA JAMOAMIZNI BIRGALIKDA QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK!


Aziz yurtdoshlar, hurmatli nurafshonliklar!

⚽️ O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon futbolining eng nufuzli musobaqasida o‘zining tarixiy sahifasini ochmoqda. Mundialdagi ilk uchrashuv nafaqat futbol bayrami, balki butun xalqimizning birdamligi, ishonchi va g‘ururini namoyon etadigan muhim voqeadir.

❗️Shunday hayajonli damlarda yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuchli madad bo‘laylik, ularga g‘alaba sari ruh va ishonch bag‘ishlaylik! Keling, bu tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz.

⚽️O‘zbekiston 🇺🇿🇨🇴 Kolumbiya
📆18-iyun
⏱️Soat 06:00
📌Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog‘i
(Lokatsiya)


Uchrashuv ochiq osmon ostida, ulkan monitor orqali namoyish etiladi. Futbolsevar do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring. Birgalikdagi hayajon, olqish va qo‘llab-quvvatlash futbolchilarimizga minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsa-da, yetib boradigan eng katta kuchdir. Sizni bayramona muhit, futbol shukuhi va unutilmas taassurotlar kutmoqda!

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽️Bir xalq, bir jamoa, bir maqsad — g‘alaba sari!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1