Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Otaliqqa biriktirilgan yoshlar – doimiy e’tiborda


Bugun Nurafshon shahri hokimi Qobil Xamdamov otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, har bir masala yuzasidan amaliy yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari, oilaviy sharoiti, bandligi hamda daromad manbalari o‘rganildi.

Muloqot jarayonida shahar hokimi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berib, tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.


Shu bilan birga, har bir yosh bilan individual ishlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yoshlarni bosqichma-bosqich bandlikka jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va faol ijtimoiy hayotga qaytarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi faolligini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на пятом Ташкентском международном инвестиционном форуме.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Sog‘lom avlod uchun sog‘lom odatlar

Nurafshon shahar umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yozgi ta’til davrida maktab hamshiralari tomonidan “Sog‘lom hayot” mavzusida turli ma’rifiy va sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹Tadbirlar davomida o‘quvchilar ishtirokida ochiq havoda ertalabki badantarbiya mashqlari, gimnastika, “5000 qadam” aksiyasi, shaxsiy gigiyena qoidalariga bag‘ishlangan “Toza qo‘llar” mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish maydonchalaridagi faoliyatlar hamda qiziqarli sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda.


Mazkur tadbirlar bolalarda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy faollikni oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Состоялась встреча с сопредседателем узбекско-саудовского Делового совета, председателем правления компании «ACWA».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


Nurafshon shahrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi ancha yuqori


☑️ 2026- yilning yanvar-aprel oylarida Nurafshon shahrida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi 611,9 mlrd so‘mga yetdi.

☑️ 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,2 % ni tashkil etdi.

Bundan tashqari aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi – 10,4 mln so‘mga to‘g‘ri keldi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishini belgilab berdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonliklar ertangi ilk o'yin oldidan O'zbekiston miliy terma jamoasiga omad tilab, duolar qildilar

Eslatib o'tamiz, vakillarimiz jahon futbolining eng nufuzli musobaqasida o‘zining tarixiy sahifasini ochmoqda. Mundialdagi ilk uchrashuv nafaqat futbol bayrami, balki butun xalqimizning birdamligi, ishonchi va g‘ururini namoyon etadigan muhim voqeadir.

❗️Shunday hayajonli damlarda yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuchli madad bo‘laylik, ularga g‘alaba sari ruh va ishonch bag‘ishlaylik! Keling, bu tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz.

⚽️O‘zbekiston 🇺🇿🇨🇴 Kolumbiya
📅18-iyun
Soat 06:00
📍Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog‘i.

(Lokatsiya)


🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽️Bir xalq, bir jamoa, bir maqsad — g‘alaba sari!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👏3🔥2