Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


ERTANGI FUTBOLNI NURAFSHONDA OCHIQ OSMON OSTIDA TOMOSHA QILING!

Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari!
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialdagi ilk uchrashuvini ochiq osmon ostida, minglab futbol muxlislari bilan birgalikda tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📌Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘i futbol ishqibozlari uchun haqiqiy fan-zonaga aylanadi.

Sizni quyidagilar kutmoqda:

✔️ Ulkan LED ekran orqali jonli translyatsiya;
✔️ 2000 kishilik qulay o‘rindiqlar;
✔️ Salqin ichimliklar va yeguliklar;
✔️ Qiziqarli shou dasturi va bayramona muhit;
✔️ Futbol muxlislari bilan unutilmas emotsiyalar.


⚽️O‘zbekiston 🇺🇿🇨🇴 Kolumbiya
📆18-iyun
⏱️Soat 06:00
📌Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog‘i (Lokatsiya)

🇺🇿Keling, futbolsevar do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan birga milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik!
Bugun har bir olqish, har bir hayqiriq va har bir duoning kuchi bor. Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsak ham, yuragimiz birga uradi, maqsadimiz bitta — O‘zbekiston g‘alabasi!

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Bir xalq. Bir jamoa. Bir maqsad — G‘ALABA!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Ayni vaqtda muqaddas Haj ziyoratini ado etayotgan nurafshonlik hojilar O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab, yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va zafarlar tilab duolar qildilar


Yurtimizning millionlab futbol muxlislari qatori viloyatimiz hojilari ham milliy terma jamoamizning mundialdagi ilk ishtirokini katta hayajon va faxr bilan kuzatmoqda.

⚽️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun O‘zbekiston vaqti bilan soat 07:00 da Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥

🇺🇿⚽️ JAHON CHEMPIONATI MUHITI NURAFSHONDA!

Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida futbol ishqibozlari jam bo‘ldi. Ayni daqiqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi tarixiy uchrashuvda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushmoqda. Bu bahs O‘zbekistonning mundialdagi ilk o‘yinlaridan biri sifatida millionlab muxlislar e’tiborida.

Bog‘da yig‘ilgan futbol muxlislari yurtimiz terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlab, unutilmas futbol oqshomini boshdan kechirmoqda.


🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alaba sari birga! ⚽️🔥

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
🔴🟦🟦

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida haqiqiy futbol bayrami hukm surmoqda. O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvi minglab muxlislar ishtirokida jonli efirda namoyish etilmoqda.

Ikki mingga yaqin futbol ishqibozi bir yurak, bir maqsad bilan terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, stadionga xos jo‘shqin atmosfera yaratmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE 🏆

⚽️ Tarixiy uchrashuv o‘yinlari yuqori kayfiyat va xavfsiz muhitda davom etmoqda

Nurafshon shahri markazidagi “Vatanparvarlar bog‘i”da tashkil etilgan Tarixiy uchrashuv o‘yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan futbol muxlislarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM