#jarayon
Nurafshonda “Media haftalik” boshlandi
Mazkur loyiha jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, kontent yaratuvchilar va media sohasi vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy media tendensiyalari bo‘yicha tajriba almashish hamda axborot makonida samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun media va kommunikatsiya, raqamli platformalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari, kontent yaratish, faktcheking va axborot xavfsizligi mavzularida seminar-treninglar, mahorat darslari hamda ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Nurafshonda “Media haftalik” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida Toshkent viloyatida “Media haftalik” loyihasiga start berildi.
Mazkur loyiha jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, kontent yaratuvchilar va media sohasi vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy media tendensiyalari bo‘yicha tajriba almashish hamda axborot makonida samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun media va kommunikatsiya, raqamli platformalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari, kontent yaratish, faktcheking va axborot xavfsizligi mavzularida seminar-treninglar, mahorat darslari hamda ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligidagi yig‘ilishda sektor rahbarlari, hududdagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla yettiligi a’zolari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.
✅ Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 va 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ishlarning 2026-yil II chorak yakunlari holati tahlil qilindi.✅ Nurafshon shahri Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari va muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, tashrif va majlis bayonlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yig‘ilish bayonlarida Nurafshon shahar hokimligiga yuklatilgan topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi “2026-yilda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda tarmoq korxonalarida energiyadan oqilona foydalanishni tashkil qilish orqali elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni ta’minlash to‘g‘risida”gi 242-sonli qarorining ijrosi hamda Nurafshon shahrida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida shahar hokimi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha ish samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z muddatida bajarish, shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni OAVda keng yoritish masalalari tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ijro intizomini kuchaytirish va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1