Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.47K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
#jarayon

Nurafshonda “Media haftalik” boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida Toshkent viloyatida “Media haftalik” loyihasiga start berildi.

Mazkur loyiha jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, kontent yaratuvchilar va media sohasi vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy media tendensiyalari bo‘yicha tajriba almashish hamda axborot makonida samarali faoliyat yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun media va kommunikatsiya, raqamli platformalar, sun’iy intellekt imkoniyatlari, kontent yaratish, faktcheking va axborot xavfsizligi mavzularida seminar-treninglar, mahorat darslari hamda ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz befarq bo‘lmang.

Bu kabi holatlar haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov
rahbarligidagi yig‘ilishda sektor rahbarlari, hududdagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla yettiligi a’zolari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 va 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ishlarning 2026-yil II chorak yakunlari holati tahlil qilindi.

Nurafshon shahri Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari va muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, tashrif va majlis bayonlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yig‘ilish bayonlarida Nurafshon shahar hokimligiga yuklatilgan topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi “2026-yilda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda tarmoq korxonalarida energiyadan oqilona foydalanishni tashkil qilish orqali elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni ta’minlash to‘g‘risida”gi 242-sonli qarorining ijrosi hamda Nurafshon shahrida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Yig‘ilish yakunida shahar hokimi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha ish samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z muddatida bajarish, shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni OAVda keng yoritish masalalari tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ijro intizomini kuchaytirish va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


🇺🇿 Nurafshon shahar IIB boshlig‘i Aziz Yuldashev tomonidan “26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan aholiga yo‘llangan murojaat

❗️Mazkur murojaatda giyohvandlikka qarshi kurashish, farzandlarimizni ushbu illatdan asrash hamda yurtimizda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash yo‘lidagi dolzarb vazifalar haqida so‘z boradi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi yirik investitsion korxonalar faoliyati bilan tanishdi


Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsion loyihalar va yirik ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda Nurafshon shahrida 160 dan ortiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahardagi Erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 520 million AQSH dollariga teng bo‘lgan ushbu investitsion loyihada 6 nafar yirik xitoylik investor tomonidan farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat hamda kimyo sanoati yo‘nalishlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur korxonalarda 3 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.


Shahar hokimi investorlar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar va mavjud kamchiliklarni o‘rganib, har bir masala qonunchilik doirasida hal etilishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM