Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda

Nurafshonda o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 4-, 9- va 57-maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda. Ularga 300 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi hamda 18 nafar to‘garak rahbari jalb qilingan.

📌Shuningdek, barcha maktablarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik, mohir qo‘llar, rasm chizish va boshqa ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar tashkil etilib, iyun oyida 380 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.

📌Sport yo‘nalishidagi futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va yengil atletika to‘garaklariga 2100 nafar o‘quvchi jalb etilgan bo‘lsa, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi to‘garaklarda yana 450 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.


🟣Bugungi kunda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar bilan shahardagi 3230 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olinib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


⛔️ "Pensiyangizni oshirib beraman", degan gap har doim ham yaxshilikka olib kelmaydi.

❗️ Vositachilarga ishonmang!

🔴 Shubhali holatlarda 1271 ishonch telefoniga murojaat qiling.


🛡 Pensiya masalasida begona odamlarning va'dalariga emas, rasmiy manbalarga ishoning.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV_nigohida

Nurafshon
shahrida faoliyat yuritayotgan "MAXSUS POLIMER ZAVODI" faoliyati “O‘zbekiston 24” telekanalining “Farovonlik sari” ko‘rsatuvi orqali keng yoritildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mustaqillik — buyuk ne’mat, shukronalik — ezgu tuyg‘u!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida joriy yilning 24-iyun kuni Taraqqiyot MFY hududida joylashgan 57-son umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar Nuroniy jamg'arma raisi, deputat J.Axmedqulov so'zga chiqib yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan mazmunli suhbatlar va chiqishlar bo‘lib o‘tdi.


Ishtirokchilar yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida fikr almashib, Mustaqillik ne’matini asrab-avaylash, unga shukronalik bilan yashash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Bandlik sari muhim qadam: Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi


Nurafshon shahrida aholini doimiy ish bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilib, unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Yarmarka davomida shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taqdim etildi. Jami 18 ta ish beruvchi korxonalar ishtirok etib, 578 ta vakant ish o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.


Tadbirda qatnashgan 45 nafar ishsiz fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Natijada 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, yana 4 nafar ishtirokchi kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.

Bunday amaliy tadbirlar aholining bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏1


FOTOREPORTAJ: NURAFSHONDA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1🤝1