Mustaqillik — buyuk ne’mat, shukronalik — ezgu tuyg‘u!
✅ Tadbirda Nurafshon shahar Nuroniy jamg'arma raisi, deputat J.Axmedqulov so'zga chiqib yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan mazmunli suhbatlar va chiqishlar bo‘lib o‘tdi.
❕Ishtirokchilar yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida fikr almashib, Mustaqillik ne’matini asrab-avaylash, unga shukronalik bilan yashash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik sari muhim qadam: Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi
Nurafshon shahrida aholini doimiy ish bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✅ Tadbir "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilib, unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari faol ishtirok etdi.
✅ Yarmarka davomida shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taqdim etildi. Jami 18 ta ish beruvchi korxonalar ishtirok etib, 578 ta vakant ish o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbirda qatnashgan 45 nafar ishsiz fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Natijada 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, yana 4 nafar ishtirokchi kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishtirokidagi ommaviy ekologik aksiya
⚽️Nurafshon shahri markazidagi “Vatanparvarlar bog‘i”da O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamda volontyorlar jamoasi ishtirokida “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.
🔘 Aksiya davomida bog‘ hududi va uning atrofidagi maydonlar maishiy chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
❗️Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik muammolarga befarq emasligini, jamoatchilik orasida tozalik va obodonlashtirish madaniyatini targ‘ib etishda faol ishtirok etayotganini yana bir bor namoyon etdi. Aksiya yakunida hududning sanitariya holatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👏2
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
2026-yil 25-iyun kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "To‘ytepa" MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Qumariq" mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi
💉Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
❕Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1