Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.61K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Bugun dunyo hamjamiyati insoniyat kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri bo‘lmish giyohvandlikka qarshi murosasiz ekanligini yana bir bor namoyon qilmoqda.

26 iyun – nafaqat sana, balki har birimizni ogohlikka, mas’uliyatga va befarq bo‘lmaslikka chaqiruvchi kundir.

Zero, sog‘lom jamiyat – sog‘lom kelajak poydevoridir.
Giyohvandlikka qarshi kurash esa har birimizdan boshlanadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🔴Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan yoshlar yetakchilarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔴Yig‘ilish davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, amalga oshirilgan loyiha va tadbirlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.


❗️Shuningdek, erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yoshlar yetakchilarining mehnati e’tirof etilib, ularga minnatdorlik bildirildi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi katta shou-konsertga marhamat!

Qaynoq jarayonlar boshlanishiga atigi 1 kun qoldi! Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi.

Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert sizni kutmoqda.


Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.


❗️Aytgancha, kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan "Guzelsoy" xorijiy korxonasi faoliyati "O'zbekison 24" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda

Nurafshonda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Nurafshon shahrida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda energetika infratuzilmasini yangilash bo‘yicha izchil ishlar davom etmoqda.

Jumladan, "Birlik" mahallasidagi 29-sonli transformator punktida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Loyiha doirasida 82 ta yangi temir-beton tayanch ustuni o‘rnatilib, 1,7 kilometr masofaga zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortildi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan eski transformator o‘rniga 400 kVA quvvatga ega yangi transformator ishga tushirildi.

Natijada hududda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar sezilarli darajada kamayib, iste’molchilar uchun yanada barqaror va ishonchli elektr ta’minoti yaratildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar Oppoq, Evalak, Chig‘iriq, Hurriyat va Dehqonobod mahallalarida ham elektr tarmoqlarini yangilash ishlari davom ettiriladi. Rejaga ko‘ra, mazkur hududlarda 76 kilometr zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortilib, 848 ta temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatiladi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari Nurafshon shahrining energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, elektr ta’minoti sifatini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nuroniylar tajribasi – yoshlar uchun ibrat maktabi
Jo‘ra Axmedkulov: Tinchlikning qadriga yetaylik


Nurafshon shahridagi Navro‘z mahallasida joylashgan “Nuroniylar maskani”da “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat Jo‘ra Axmedkulov, Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Mirkarim Axmadjonov, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Jo‘ra Axmedkulov o‘tgan davrlardagi hayot sinovlari, xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli yillar hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etgan videorolik namoyish etildi. Videorolik tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirib, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.


Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦

⚡️ NURAFSHONDA YOSHLAR FESTIVALI BOSHLANMOQDA

🎤 Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert sizni kutmoqda.

⭐️ Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.

🚫 Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.


😉 Aytgancha, kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2