Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda
Nurafshonda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Nurafshon shahrida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda energetika infratuzilmasini yangilash bo‘yicha izchil ishlar davom etmoqda.
Jumladan, "Birlik" mahallasidagi 29-sonli transformator punktida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Loyiha doirasida 82 ta yangi temir-beton tayanch ustuni o‘rnatilib, 1,7 kilometr masofaga zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortildi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan eski transformator o‘rniga 400 kVA quvvatga ega yangi transformator ishga tushirildi.
Natijada hududda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar sezilarli darajada kamayib, iste’molchilar uchun yanada barqaror va ishonchli elektr ta’minoti yaratildi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar Oppoq, Evalak, Chig‘iriq, Hurriyat va Dehqonobod mahallalarida ham elektr tarmoqlarini yangilash ishlari davom ettiriladi. Rejaga ko‘ra, mazkur hududlarda 76 kilometr zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortilib, 848 ta temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatiladi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari Nurafshon shahrining energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, elektr ta’minoti sifatini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1