Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida kommunal sohalardagi debitor qarzdorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
✅ Unda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, kommunal to‘lovlar bo‘yicha debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan byudjet tashkilotlari rahbarlari hamda tegishli masʼullar ishtirok etdi.
Unda kommunal xizmatlar uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, mavjud debitor qarzdorliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Shahar hokimi tomonidan mas’ullarga qarzdorliklarni bosqichma-bosqich qisqartirish, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda bu boradagi ishlarni qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#bunyodkorlik
Nurafshon markazida zamonaviy xizmatlar majmuasi qad rostlaydi
Ushbu majmua shahar aholisi va mehmonlari uchun yanada qulay infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.
Qurilish ishlariga start berish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Hamdamov, tegishli mutasaddilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Nurafshon markazida zamonaviy xizmatlar majmuasi qad rostlaydi
Nurafshon shahri markazidagi "Nurafshon Business City" hududida aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yirik kompleks qurilishiga tantanali start berildi.
Loyiha doirasida tadbir va to‘y marosimlarini yuqori saviyada o‘tkazishga mo‘ljallangan muhtasham tantanalar saroyi, zamonaviy savdo majmualari, restoran, maishiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan majmualar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu majmua shahar aholisi va mehmonlari uchun yanada qulay infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.
Qurilish ishlariga start berish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Hamdamov, tegishli mutasaddilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir milliy qadriyatlarimizga xos tarzda o‘tkazilib, xayr-saxovat va ezgu niyat ramzi sifatida jonliq so‘yildi, ehson dasturxoni yozildi hamda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va barpo etilayotgan inshootning barakali bo‘lishi uchun duolar qilindi.
Mazkur biznes kompleksi Nurafshon shahrining zamonaviy qiyofasini yanada boyitish, xizmatlar sohasini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1👏1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан «О присуждении Государственной премии "Мард ўғлон"»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Постановление Президента Республики Узбекистан «О присуждении Государственной премии "Мард ўғлон"»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Toshkent viloyatidagi eng yosh bosh muharrir munosib e’tirof etildi
27-iyun — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, jamiyatda ochiqlik va xolis axborot muhitini shakllantirishga munosib hissa qo‘shayotgan jurnalistlar, blogerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini samimiy qutlab, bir guruh soha fidoyilarini taqdirladi.
Quvonarlisi, e’tirof etilganlar safidan Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi bosh muharriri Otabek Isroilov ham munosib o‘rin oldi.
Toshkent viloyatidagi eng yosh bosh muharrirlardan biri bo‘lgan Otabek Isroilov qisqa vaqt ichida o‘zining professional yondashuvi, teran tahliliy fikrlashi, sermahsul ijodi hamda dolzarb mavzularni yoritishdagi mas’uliyatli faoliyati bilan jurnalistika sohasida o‘z o‘rnini topdi.
U tajribali ustozlar maktabini o‘tab, bugungi kunda nafaqat mahalliy, balki respublika miqyosidagi ommaviy axborot vositalarida ham samarali ijod qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan Otabek Isroilovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, ijodiy yuksalish, mustahkam sog‘lik va yangi marralarni zabt etishini tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyati bardavom bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unda fan, ta’lim, sport, madaniyat, tadbirkorlik hamda boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan Nurafshon yoshlari munosib taqdirlandi.
Tadbir tafsilotlari “Sevimli” telekanali lavhasida.
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi.
—
Сегодня, в День молодежи, Президент Шавкат Мирзиёев проведет диалог с молодежью и вручит государственные награды группе активных и инициативных юношей и девушек. Также глава нашего государства встретится с талантливыми молодыми людьми и ознакомится с их проектами в различных сферах.
Facebook|Instagram|X