Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Pensiya haqida o‘ylashga hali ertami?

Aslida munosib pensiyaga tayyorgarlik keksalikda emas, birinchi rasmiy ish kunidan boshlanadi.

🟣 Har bir rasmiy ishlangan oy, har bir mehnat yili va to‘g‘ri hisobga olingan staj kelajakdagi pensiya huquqlaringizni shakllantiradi.

Shu bois:
✔️mehnat faoliyatingizni rasmiy yuriting;
✔️mehnat stajingiz to‘g‘ri hisobga olinayotganini muntazam tekshirib boring;
✔️kelajakdagi moliyaviy xavfsizligingiz haqida bugundan o‘ylang.


❗️Pensiya — faqat keksalik davri emas. U mehnat faoliyatingiz davomida shakllanadigan muhim ijtimoiy kafolatdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Taraqqiyot mahallasi taraqqiy etmoqda


Nurafshon shahrini zamonaviy infratuzilmaga ega hududga aylantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida hududda izchil ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi muhim qadam 2025-yil 24-dekabr kuni qabul qilingan Prezidentimizning PQ-393-son qarori bo‘lib, mazkur hujjat shaharni kompleks rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.

Qarorga muvofiq, Nurafshon shahrining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, ichki infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu asosda Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish, Taraqqiyot va Uchqun mahallalarida yangi oqova suv tarmoqlari hamda oqova nasos stansiyalarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

✔️ Bugungi kunda Taraqqiyot mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida 8,4 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar uning 300 metr qismi tortildi.

✔️ Shuningdek, loyiha doirasida shahar bo‘yicha jami 24,4 kilometr oqova suv tarmoqlarini qurish belgilangan. Ayni paytda buning 6,3 kilometri qurib bitkazildi va ishlar belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda.


Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida yuzlab xonadonlarning markazlashgan oqova suv tizimiga ulanish imkoniyati kengayadi, sanitariya holati yaxshilanadi hamda mahallalarning muhandislik infratuzilmasi zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantiriladi.

🇺🇿 Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar Nurafshon shahrining barqaror rivojlanishi, aholining farovon hayot kechirishi va kelajakda yanada qulay shahar muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1👌1


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 73 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar xonadonlarida profilaktik o‘rganishlar olib borildi

PF-207-son Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-iyulidan 1-avgustiga qadar Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Nurafshon shahrida tizimli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

🏷Jumladan, Nurafshon shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, profilaktika inspektorlari, VEMB katta inspektor-psixologi, mahalla va xotin-qizlar faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida fuqarolar xonadonlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.


O‘rganishlar davomida nizoli oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda tazyiq va zo‘ravonlik xavfi mavjud bo‘lgan holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli amaliy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, oila institutini qo‘llab-quvvatlash, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyatni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Саида Мирзиёева билан ёнма-ён. Миссия.
# 12


Kun.uz расмий канали


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida joriy yilning 2-iyul kuni Degantepa MFY hududida joylashgan 72-son umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar Ma’naviyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Erkinova hamda Ma’rifat targ‘ibot guruhi a’zosi D. Nurullayeva so‘zga chiqib, yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2