Nurafshon shahrining barcha mahallalarida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlashga qaratilgan hashar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbusga Nurafshon shahar sport maktabi jamoasi ham faol hissa qo‘shmoqda. Jamoa a’zolari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda hashar tashkil etib, gulzor va gulxonalarni begona o‘tlar hamda turli chiqindilardan tozalash, hudud qiyofasini yanada yaxshilash borasida samarali mehnat qilmoqda.
Bunday amaliy ishlar shahrimizning yanada obod, fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1👌1
"Mahalla bog‘i" da obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Hashar davomida bog‘dagi daraxtlarning tag qismi yumshatilib, hudud begona o‘tlar va turli chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, bog‘ning ekologik va estetik qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur obodonlashtirish tadbirlari shahrimizning yanada fayzli, ko‘rkam va ekologik jihatdan musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish borasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, shahar hududidagi xiyobonlar, jamoat maskanlari, ko‘chalar va yashil maydonlarda manzarali daraxt hamda butalar, shuningdek, mavsumiy gullar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
✅ So‘nggi oylarda 100 ming tupdan ortiq shamshod, atirgul, gultojixo‘roz, geran, rayhon va archa ko‘chatlari ekilib, hududlarning estetik qiyofasi yanada yaxshilanmoqda.
Mazkur ishlar shahar ekologik muhitini sog‘lomlashtirish, aholi uchun yanada qulay va fayzli yashash muhitini yaratish hamda Nurafshonning zamonaviy va yashil shahar qiyofasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yangilandi!
2025-yil 10-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1074-son Qonuni qabul qilindi.
Qonunning asosiy mazmuni:
❗️Fuqarolarning yashash va turgan joyi haqidagi ma’lumotlar yagona elektron tizim orqali yuritiladi.
❗️Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yengillashtiriladi — ortiqcha qog‘ozbozlik yo‘qoladi.
❗️Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi va davlat organlari o‘rtasida avtomatik almashiladi.
❗️Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham yagona tartib joriy etiladi.
Qonunning maqsadi:
Aholining manzil ma’lumotlarini aniq va zamonaviy usulda hisobga olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulaylik yaratish hamda fuqarolarning huquqlarini kafolatlash.
Batafsil ma’lumot: lex.uz/ru/docs/7623461
✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook

Nurafshon shahrining Qumariq mahallasi, Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab zamonaviy aqlli svetoforlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
✅ Mazkur tizim yo‘l harakatini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida samarali boshqarish imkonini yaratadi. Natijada transport oqimi maqbullashtirilib, tirbandliklar kamayadi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsizlik va nazorat kuchaytiriladi. Shuningdek, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar uchun maxsus ovozli axborot signallari ham ishga tushiriladi.
Kelgusida bunday zamonaviy aqlli svetoforlar bosqichma-bosqich shahar hududidagi barcha asosiy chorrahalarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2