Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi


Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, barcha tijorat banklari vakillari, mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida oldingi “Hokimlik soati”da berilgan topshiriqlar ijrosi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, A. Yuldashev tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik oyligini samarali tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Unda mahalla yettiligi, shahar hududidagi tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib o‘tkazish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ishonchli taʼminlash, aholining hushyorligi va sergakligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

Qolaversa, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

❗️Yig‘ilish yakunida barcha rahbar va mutasaddilarga topshiriqlarni belgilangan muddatlarda sifatli ijro etish, aholining ishonchini mustahkamlash hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🤝1
Нурафшон_шахар_ИЮЛ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
44.2 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


RASMIY TAYINLOV

Usmanov Mirakbar Abdumutal o‘g‘li Nurafshon shahri hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Mirakbar Usmanov 1991-yilda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yilda Tomsk politexnika universitetini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahri hokimi yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏2


RASMIY TAYINLOV

Dadamatova Gavhar Mahamadaliyevna Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


Gavhar Mahamadaliyevna Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21


"Nurafshon Maxsus Texnika" zavodi ishlab chiqarish imkoniyatlari o'rganildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hamda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan "Nurafshon Maxsus Texnika" MChJ zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, yangi texnologiyalar va korxonaning istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi.

Korxona 50 million AQSH dollari miqdoridagi to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilgan bo‘lib, 346 ta ish o‘rni yaratilgan. Zavod yiliga 3,5 ming dona shassi, 1,5 ming dona maxsus texnika, 1,5–2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda 7 200 tonna metall konstruksiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.


Shuningdek, korxonada yuqori texnologiyali bo‘yash va payvandlash liniyalari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Bu esa ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada kengaytirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM