Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».

#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


Ertaga 7-iyul kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Oppoq" MFY dagi 10-maktabda, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Ovoz_bering

❗️NURAFSHON SHAHRINING ENG FAOL YOSHLAR YETAKCHILARIDAN BIRI, "DEGANTEPA" MAHALLASI YIGIT-QIZLARI LIDERI HUSNIDDIN QURBONOVGA OVOZ BERING!

Mazkur so‘rovnoma viloyat miqyosida o‘tkazilmoqda. Shahrimiz vakilini munosib qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering!


OVOZ BERISH

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi ta'lim muassasalarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari faol tashkil etilmoqda

Mazkur tadbirlar doirasida o‘quvchilar sport musobaqalari, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, ijodiy to‘garaklar, intellektual tanlovlar hamda turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va iste'dodlarini namoyon etishmoqda.


🎥Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Avval xabar berilganidek, bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahardagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga ularni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.


🎥Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👎1🔥1👏1
Нурафшон_шахар_ИЮЛ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
44.2 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon yosh shaxmatchilarni bir maydonga jamladi

🟢Nurafshon shahrida Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan shaxmatning "Rapid" yoʻnalishi boʻyicha viloyat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Toshkent viloyatining barcha hududlaridan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 67 nafar iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi. Bahslar shveysarcha tizim asosida yuqori raqobat ruhida o‘tkazildi.

🔘Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Unda nurafshonlik yosh shaxmatchilar ham munosib ishtirok etdi.

✔️Mazkur musobaqa yosh shaxmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Prezident qarori amalda: Degantepa mahallasida tabiiy gaz ta’minoti sifati yaxshilandi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–133-son qarori hamda “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 70-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Degantepa mahallasida aholi xonadonlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimi uchinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tkazildi.

Mazkur ishlar natijasida aholiga tabiiy gazni sifatli va barqaror yetkazib berish imkoniyati yanada yaxshilandi. Shuningdek, iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash hamda uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida xonadonlardagi gaz hisoblagichlariga bepul reduktor moslamalari o‘rnatilmoqda.

Bugungi kunga qadar rejalashtirilgan 308 ta xonadondan 218 tasiga reduktor moslamasi o‘rnatildi. Natijada belgilangan ishlarning qariyb 70 foizi bajarildi. Qolgan 90 ta xonadonga reduktor moslamalarini o‘rnatish ishlarini 2026-yilning uchinchi choragiga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

🔹 Qabul davomida 3 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 2 nafar fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 1 nafar fuqaroning murojaati batafsil o‘rganish va belgilangan tartibda hal etish maqsadida nazoratga olindi.


❗️Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda qonuniy yechim topish maqsadida bunday shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM