Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi

📌Nurafshon shahrida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonunchilik doirasida hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida har hafta muntazam o‘tkazilayotgan sayyor va shaxsiy qabullar orqali fuqarolarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarga amaliy yechim topilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Birlik mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda sog‘lig‘ida jiddiy muammosi bo‘lgan fuqaro Zilola Mullaboyevaning murojaati qisqa muddatda ijobiy hal etilib, unga moddiy yordam ko‘rsatildi. Fuqaro davlatimiz va Prezidentimizning e’tibori hamda g‘amxo‘rligini chuqur his qilganini bildirib, bu e’tibor unga katta dalda bo‘lganini qayd etdi.


Qabul davomida tadbirkorlik, bandlik va kommunal sohalarga oid qator murojaatlar ham joyida hal etildi. Shahar hokimi Qobil Xamdamov mas’ullarga tegishli topshiriqlar berar ekan, har bir murojaat ortida inson taqdiri va inson qadri mujassam ekanini, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish barchaning ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏32🤝1


Mahalla "yettiligi"ning 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

Nurafshon shahridagi "Nuroniy" maskanida Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar boʻlimi boshligʻi Z. Maxsudova rahbarligida mahalla "yettiligi" faoliyatini tahlil qilishga bagʻishlangan navbatdagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

✔️Unda "Qumariq", "Navroʻz" mahalla yettiligi" tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilik oldida ochiq hisobot taqdim etildi.

🟣Tadbirda Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, Mahalla kengashi aʼzolari ishtirok etdilar.

🟣Hisobotlar davomida hududlarda aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.


✔️Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilinib, yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar hamda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida mahalla faollari va nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar asosida mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari keng qamrovda davom etmoqda

🇺🇿 Nurafshon shahrida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash maqsadida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar doirasida shahar hududlarida profilaktik reydlar, tushuntirish ishlari, yoshlar va fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, jamoat tartibini mustahkamlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mahallalarda mas’ul idoralar hamkorligida fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.


Aziz yurtdoshlar!
Yurtimiz tinchligi va mahallalarimiz osoyishtaligini asrash barchamizning sharafli burchimizdir. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayramini tinch, osoyishta va yuqori kayfiyatda kutib olaylik. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarida faol ishtirok eting. Qonunlarga hurmat bilan yondashish, jamoat tartibiga rioya qilish va har qanday huquqbuzarliklarga befarq bo‘lmaslik orqali yurtimiz tinchligi va farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2


"Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi davomida Nurafshon shahar IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlar tomonidan keng qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.             
                      
Jumladan, profilaktik tadbiri doirasida probatsiya nazoratida turgan, profilaktik hisobga olingan voyaga yetmaganlarning yashash manzillari o'rganildi.    

O'rganish davomida voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o'tkazilib, farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat, ularning xulq-atvori ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

🌎 Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.

⬅️Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. "Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.


"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.

Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahridagi ta'lim muassasalarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari keng ko'lamda tashkil etilmoqda. Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” lavhasi orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1