Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram


Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda Oʻzbekiston 24 telekanali ijodkorlari hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Shukronalik hisi” nomli maxsus koʻrsatuv suratga olinmoqda.

Mazkur loyiha istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda tinch va farovon hayotimizning qadr-qimmatini yoritishga xizmat qiladi. Koʻrsatuv orqali yurtdoshlarimizning Vatanga muhabbati, shukronalik tuygʻusi va mustaqillik neʼmatiga boʻlgan yuksak ehtiromi keng yoritilishi koʻzda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1🔥1


Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda


Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik tamoyillari asosida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari doirasida belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida hamda sifatli yakunlash maqsadida qurilish maydonlarida mehnat jarayonlari uch "smena" da, ya’ni tun-u kun uzluksiz (24/7) yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tizim bunyodkorlik ishlarining sur’atini yanada oshirish, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish hamda shahar infratuzilmasini izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Shahar hududida yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, jamoat maskanlari hamda yashil hududlarni barpo etish va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari Nurafshonning zamonaviy qiyofasini yanada yuksaltirish, aholiga qulay va farovon turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida savdo nuqtalarini qulay narxlarda xarid qiling yoki ijara asosida foydalaning


Nurafshon shahar hokimligi yirik brend vakillari, tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagidagi yurtdoshlarimizni hamkorlikka chorlaydi.

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy savdo nuqtalarida o‘z faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Siz uchun qulay shartlar va maqbul narxlardagi eng istiqbolli joylar taklif etiladi.

Siz ham biznesingizni Nurafshonda rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling va o‘zingizga mos savdo shoxobchasini xarid qiling.

☎️ +99899 080 33 44
☎️ +99893 327 28 92

❗️Diqqat! Mazkur targ‘ibot materiali bo‘yicha Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hech qanday manfaatdor tomon hisoblanmaydi. Ushbu targ‘ibot ishlari shahar hududida foydalanilmay turgan inshootlarni ochiq savdoga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2


Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda shahar gaz ta'minoti bo'limi tomonidan shahar hududidagi elektr uzatish tarmoqlari va tayanch ustunlarini soz holatda saqlash, ularning xavfsiz hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida tizimli texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, elektr tarmoqlaridagi temir tayanchlarga qayta bo‘yoq berilib, ularning texnik holati mutaxassislar tomonidan atroflicha nazoratdan o‘tkazilmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar elektr infratuzilmasining xizmat muddatini uzaytirish, korroziyaning oldini olish hamda tarmoqning ishonchli faoliyatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Hududlarda olib borilayotgan profilaktik va ta’mirlash ishlari aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi yirik sanoat korxonalariga OAV uchun press-tur tashkil qilindi


🇺🇿🇨🇳 Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hududning sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari Xitoy investitsiyasi asosida barpo etilgan "DA SHUN GROUP" qurilish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur texnopark 2025-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 120 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu yerda qurilish sanoati uchun zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilib, 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Ayni paytda texnopark hududida 38 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyat yuritmoqda.


Texnoparkda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga ham eksport qilinmoqda. Kelgusida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda korxonalar sonini yanada ko‘paytirish orqali Nurafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1