Hashar — obodlik va birdamlik timsoli
🔂 Bugun ham Nurafshon shahrida ommaviy hashar tashkil etilib, hududdagi korxona-tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar bir yoqadan bosh chiqarib obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Hashar davomida hududlar tartibga keltirilib, yashil maydonlar parvarishlandi va atrof-muhit yanada obod qilindi.
Hashar davomida ishtirokchilar uchun dasturxon yozilib, kuy-qo'shiqlar jo'rligida samimiy mehmondorchilik tashkil qilindi. Ushbu ezgu tashabbusga Nurafshon mahallasining faol tadbirkorlari ham munosib hissa qo‘shib, hashar qatnashchilarini mehmon qilish orqali hamjihatlik va saxovatning yorqin namunasini namoyon etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥1👏1
Taraqqiyot mahallasida oqava suv tarmoqlarini tortish ishlari jadal davom etmoqda
🔂 Bugungi kunga qadar 1,5 kilometr masofada oqava suv tarmoqlari yotqizildi. Loyiha to‘liq yakunlangach esa jami 5 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoqlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush sifatini yanada oshirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda zamonaviy kommunal infratuzilmadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida "Obodlik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunda shahar ko‘chalarida manzarali daraxt va gullarni parvarishlash, yashil hududlarni sug‘orish, yo‘l chetidagi bordyurlarni bo‘yash, binolar fasadlarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarni yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ko‘chat ekish, gulzorlarni soyabonlar bilan himoyalash hamda yashil maydonlarni muntazam parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli shahrimiz kundan-kunga yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.
#Hashar
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👎2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bekobod shahriga tashrifi hamda O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirishi itafsilotlari tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun, 18-iyul soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 19-iyul soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
Ko‘rsatuvni bugun, 18-iyul soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 19-iyul soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari “O‘zmetkombinat”ning Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. O‘zbekiston hududlari va Italiyaning Toskanasi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda. Mahalla raislari va "yettilik"lar yangicha ishlaydi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı “Ózmetkombinat”tıń Quyıw-prokatlaw kompleksin iske túsirdi. Ózbekstan aymaqları hám Italiyanıń Toskanası arasındaǵı birge islesiw keńeymekte. Máhálle aqsaqalları hám “jetilik”ler jańasha is alıp baradı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства дал старт работе Литейно-прокатного комплекса Узметкомбината. Расширяется сотрудничество между регионами Узбекистана и итальянской Тосканой. Председатели и «семерки» махаллей будут работать по-новому.
—
Weekly review of the most important events: The Head of State launched the casting and rolling complex of Uzmetkombinat. Cooperation between the regions of Uzbekistan and the Italian region of Tuscany has been expanded. Mahalla chairpersons and the “mahalla seven” will work under a new system.

❤1
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✅ Xususan, Nurafshon mahallasidagi Nurafshon–Ohangaron markaziy chorrahasi atrofi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
Hududda yirik LED monitor o‘rnatilmoqda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, rang-barang gullar ekilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni samarali parvarishlash maqsadida suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlari barpo etilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari shahar infratuzilmasini yanada obod va ko‘rkam etish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi va mehmonlar uchun qulay, zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1