📣Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsion holatlarga duch keldingizmi? Bizga “Tezkor xabar” bering!
Korrupsiyaga “Yo‘q” deng!
💻Tizimda korrupsiya holatlari va noqonuniy harakatlar haqida xabar berish uchun 12-71 ishonch telefonimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning:
➡️Telegrambot: @pensiyauzbot
➡️ Facebook: https://www.facebook.com/pensiyauzb/
➡️ Instagram: https://www.instagram.com/pensiyauzb/
📥 Elektron pochta:
pension_uz@imv.uz
📨 Murojaatlaringizga dushanbadan jumagacha 09:00 dan 18:00 gacha o‘z vaqtida javob beriladi.
📅 Dam olish kunlarida jo‘natgan murojaatlaringiz birinchi ish kunidayoq ko‘rib chiqiladi va javob beriladi.
⚠️ Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga ko‘maklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi. Yodda tuting, korrupsiya mamlakat rivojlanishidagi asosiy to‘siqdir.
Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi.
📞 12-71
☎️ 55-903-12-98
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Katta shou-konsert dasturiga marhamat!
🎤 Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan "Ustozlar izidan" nomli gala konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz! Konsert dasturining maxsus mehmoni — yoshlarning sevimli xonandasi Doston Ergashev.
Bayram oqshomida sizni betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin sahna chiqishlari hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi unutilmas musiqiy lahzalar kutmoqda.
📅 Sana: 20-iyul
🕗Vaqt: soat 20:00📍 Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududi, "Vatanparvar" bog‘i🆓 Kirish bepul!
Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari! Barchangizni ushbu bayramona shou-konsert dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Nurafshon shahar Taraqqiyot mahallasida PQ–393-son qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli qurilish ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar qariyb 1 kilometrga yaqin masofada yangi oqova suv tarmoqlari tortilib, ayni vaqtda mazkur hududda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
✅ Mazkur qarorga muvofiq, birgina Taraqqiyot mahallasining o‘zida 8,4 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish va Uchqun mahallalarida ham yangi oqova suv tarmoqlari hamda oqova nasos stansiyalarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida yuzlab xonadonlarning markazlashgan oqova suv tizimiga ulanish imkoniyati kengayadi, sanitariya-gigiyena holati yaxshilanadi hamda mahallalarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Katta shou-konsert dasturiga marhamat!
🎤 Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan "Ustozlar izidan" nomli gala konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz! Konsert dasturining maxsus mehmoni — yoshlarning sevimli xonandasi Doston Ergashev.
Bayram oqshomida sizni betakror kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin sahna chiqishlari hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi unutilmas musiqiy lahzalar kutmoqda.
📅 Sana: 20-iyul
🕗Vaqt: soat 20:00📍 Manzil: Nurafshon shahri, Nurafshon City hududi, "Vatanparvar" bog‘i🆓 Kirish bepul!
Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari! Barchangizni ushbu bayramona shou-konsert dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Nurafshon shahri hududidan oqib o‘tuvchi ariq va zovurlarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan turli maishiy chiqindilar, loyqa va begona o‘simliklar tozalanmoqda.
✅ Shu bilan birga, ariq va zovurlarning chet qismlarida beton qoplama yotqizilib, ularning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar suvning erkin oqishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, hududning obod va ozoda qiyofasini saqlash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida shahar hududining turli manzillarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Navbatdagi bayram tadbiri Yangiobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
✅ Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.
Mazkur festival xalqimizning birdamligi, Vatanga sadoqati va mustaqillik qadriyatlarini yanada ulug‘lashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥1👏1🤝1