Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram


Nurafshon shahri hududidan oqib o‘tuvchi ariq va zovurlarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan turli maishiy chiqindilar, loyqa va begona o‘simliklar tozalanmoqda.

Shu bilan birga, ariq va zovurlarning chet qismlarida beton qoplama yotqizilib, ularning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar suvning erkin oqishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, hududning obod va ozoda qiyofasini saqlash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarining oldini olishga xizmat qiladi.


Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida shahar hududining turli manzillarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi yangi test markazida ilk imtihonlar
⚡️

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


🇺🇿Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Mustaqillik to‘yi" festivallari ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Navbatdagi bayram tadbiri Yangiobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.


Mazkur festival xalqimizning birdamligi, Vatanga sadoqati va mustaqillik qadriyatlarini yanada ulug‘lashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1👏1🤝1


Nurafshon shahrining Nurafshon mahallasi hududidan o‘tuvchi Toshkent yo‘li ko‘chasida yo‘l ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘l Nurafshon shahrini qo‘shni tumanlar bilan bog‘lovchi asosiy transport yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, harakat serqatnovligi bilan ajralib turadi.

Shu bois, yo‘l qoplamasini yangilash va infratuzilmani yaxshilash ishlari avtomobillar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘lning foydalanish sifatini oshirish hamda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan mazkur ishlar shahar yo‘l-transport tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿 Nurafshon shahri boʻylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Mustaqillik to‘yi" festivallari ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda davom etmoqda.

Navbatdagi bayram tadbiri Yangiobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.


Mazkur festival xalqimizning birdamligi, Vatanga sadoqati va mustaqillik qadriyatlarini yanada ulug‘lashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21🤝1
#bildirish

Toshkent viloyatida jamoat transportining yangi tariflari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi qarori bilan viloyatning shaharlarida brutto shartnoma asosida shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida jamoat transporti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati shaharlaridagi brutto shartnoma asosida shahar ichi yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulsiz olish amaliyoti to‘liq joriy etilib, jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlarini elektron shaklda amalga oshirishni rag‘batlantirish maqsadida naqd puldagi tariflar elektron to‘lov tarifiga nisbatan 30 foiz yuqori etib belgilandi.

Shuningdek, soatlik, kunlik, uch oylik, olti oylik hamda yillik limitsiz tarif rejalari joriy etilishi nazarda tutilgan.

Yangi tariflar quyidagicha:

Transport yoki bank kartasi orqali elektron to‘lov – 2 000 so‘m (QQS bilan);

• Naqd pul orqali to‘lov – 2 600 so‘m (QQS bilan);

• Bir yo‘lovchining yukini tashish xizmati – 2 600 so‘m (QQS bilan).


Mazkur o‘zgarishlar jamoat transportida elektron to‘lov tizimini kengaytirish, to‘lov jarayonlarini soddalashtirish hamda zamonaviy va qulay transport xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👎4
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.

Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.

Facebook|Instagram|X