Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini ta’kidladi.

Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tgan. Ayni paytda xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ochiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400-600 million dollar daromad olinadi, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi, kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.

Facebook|Instagram|X
1👍1
Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishini mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam, deb atadi.

So‘nggi 10 yilda 78 trillion so‘m hisobidan jami 128 ming kilometr yo‘lda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Davlatimiz rahbari bugun sohada tom ma’noda yangi davr boshlanayotganini ta’kidladi.

Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bo‘lgan olti polosali zamonaviy avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi quriladi.

Yo‘lga og‘ir va yuqori tezlikda harakatlanadigan transport vositalari qatnoviga chidamli monolit beton qoplama yotqiziladi. Tekis hududlarda soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish imkoni yaratiladi, zamonaviy xavfsizlik yechimlari va raqamli qulayliklar yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytiradi.

Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagacha transport vositasini o‘tkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20-24 foizga pasayishi kutilmoqda.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi pullik muqobil avtomobil yoʻli qurilishini boshlab berdi.

Президент нашей страны дал старт строительству платной альтернативной автомобильной дороги Ташкент – Самарканд.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5
Prezident Shavkat Mirziyoyev A-373 va Toshkent katta xalqa yoʻllari kesishmasida barpo etilgan yangi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новым путепроводом, построенным на пересечении дорог А373 и Ташкентской большой кольцевой дороги.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #yulutkazgich

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1👍1
Davlatimiz rahbari Nurafshon shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligining yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

В городе Нурафшане глава нашего государства ознакомился с условиями, созданными в новом Комплексе социальной защиты Национального агентства социальной защиты.

#Mirziyoyev #safar #Nurafshon #ijtimoiyhimoya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshondagi Ijtimoiy himoya majmuasi Prezidentimizga taqdimot qilindi.

Деятельность Комплекса социальной защиты в Нурафшане представлена Президенту нашей страны.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichi fundamental kashfiyotlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nazariy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyot o‘zagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Hozirgi dunyoda raqobat yillar yoki oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan o‘lchanmoqda. Raqamlashtirishni ortga surgan, sun’iy intellektni o‘zlashtirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global rivojlanishdan orqada qolishi qayd etildi.

– Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak,

– dedi Prezident.

Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 5 barobar ko‘paydi, milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 5 million dollar bo‘lgan Prezident startap tanloviga start berildi.

Facebook|Instagram|X
Umumiy maydoni 36 gektar bo‘lgan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi. Majmua ta’lim, ilmiy tadqiqot, texnologik sinov va ishlab chiqarishni birlashtiradigan yagona innovatsion ekotizim bo‘ladi.

Markaz uchun Nurafshon shahri tanlangani bejiz emas. Bu yerda faoliyat yuritayotgan “Cyber University”da kiberxavfsizlik va axborot himoyasi bo‘yicha qariyb 1 ming nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlanmoqda. Endi universitet atrofida butun mamlakat uchun namuna bo‘ladigan yaxlit innovatsion klaster shakllantiriladi.

Klasterda kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yo‘nalishlarida 6 ta zamonaviy laboratoriya, sun’iy intellekt data-markazi va muhandislik klasteri tashkil etiladi. Himoyalangan kompyuterlar, ma’lumot uzatish qurilmalari va yuqori texnologik tokenlar ishlab chiqarish markazi hamda dron va robototexnika uchun maxsus sinov poligoni faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida mahalliy texnologiyalarni tijoratlashtirish va milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish platformasi yaratiladi. Markaz 5 megavattli energetika quvvatlari bilan ta’minlanib, bu yerda 5 mingdan ortiq yuqori malakali ish o‘rni tashkil etiladi.

Facebook|Instagram|X
👍21
Joriy yilda Toshkent viloyatining raqamli xizmatlar eksporti ilk bor 50 million dollarga yetishi kutilmoqda. Hududning mavjud salohiyatini yanada kengaytirish uchun Nurafshon va Chirchiq shaharlarida zamonaviy IT-park binolari qurilishiga ham start berilmoqda.

– Uzoqni ko‘zlab, chin dildan amalga oshirayotgan ortga qaytmas islohotlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan yoshlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. “Raqamli O‘zbekiston” avlodlarimizga bizdan munosib meros bo‘lib qoladi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Kelajak texnologiyalari markazi Toshkent viloyatining sun’iy intellekt va raqamlashtirish markaziga, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradigan, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqaradigan zamonaviy majmuaga aylanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, marosimda Xitoy, Rossiya va Germaniya kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar bo‘lgan 9 ta yangi quvvat qurilishiga start berildi.

Ushbu obyektlar ishga tushishi natijasida 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish sifati yaxshilanadi.

Facebook|Instagram|X
3👍2