Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshonda energetika infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda. Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” lavhasi orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda


Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda aholini uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va qayta joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, shahar markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qayta joylashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🔘Ayni paytda loyiha doirasida qurilish maydonidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnika va malakali mutaxassislar ishtirokida bajarilayotgan mazkur jarayon qurilishning keyingi bosqichlarini xavfsiz va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qiladi.


✔️Qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan loyiha asosida hamda belgilangan texnik talablar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda davom ettirilmoqda.

Qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishining keyingi bosqichlarini xavfsiz va uzluksiz davom ettirish imkonini yaratadi.


⚠️ Hurmatli fuqarolar! Gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni hamda gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishingizni so‘raymiz.

☎️ Dispetcherlik xizmati:

(71) 502-17-04 | (71) 502-17-05 | (71) 502-17-06

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


📣FUQAROLAR DIQQATIGA!

🔵Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati rahbariyati tomonidan fuqarolar bilan muntazam ravishda shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Shaxsiy qabullar davomida pensiya ta’minotiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.

Quyida e’tiboringizga Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati rahbariyatining shaxsiy qabul kunlari to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi:

Atajanov Murodbek Bekberganovich
Ijro etuvchi direktor
🗓 Seshanba kuni, soat 14:00–16:00

Tursunov Zohidxo‘ja Orifovich
Ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari
🗓 Dushanba–Juma, soat 15:00–17:00

Shadixodjayev Nuriddin Abdumalikovich
Ijro etuvchi direktor o‘rinbosari
🗓 Chorshanba–Payshanba, soat 11:00–13:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1-uy.

🔖 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1271, 71-202-12-71 (ichki raqam: 744, mas’ul: A. Egamberdiyev)

👉 На русском

#Pensiyajamgarmasi #shaxsiyqabul #ochiqmuloqot

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bandlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi


Nurafshon shahri hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida moliya sohasi mas’ullari, Bandlik bo‘limi vakillari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, soliq tushumlari hajmini oshirish, norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish, muammoli korxonalar faoliyatini chuqur tahlil qilish hamda ularning mavjud muammolarini bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kesimida bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.


Muhokamalar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Har bir yo‘nalish kesimida mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi hamda natijadorlik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatildi.

❗️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilish maqsadida mas’ullardan kunlik hisobot va so‘rovlar olib borilishi, har bir topshiriqning bajarilish holati muntazam monitoring qilinishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eshitmadim_demanglar

So‘lim Toshkent viloyati barcha hamyurtlarimizni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi!

Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida, sara uzum navlari va turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, milliy urf-odatlarimiz namoyishlari, taniqli xonandalar ishtirokidagi gala-konsertlar va bir-biridan qiziq madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.


Ishoning, Parkentning go‘zal tabiati, musaffo havosi, mehmondo‘st insonlari va asrlar davomida sayqal topgan uzumchilik an’analari sizda unutilmas taassurot qoldiradi.

O‘zbekona milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu saylga barchangizni chorlab qolamiz.

Keling, ko‘ring, bahramand bo‘ling!

Kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM