Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
✅ Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishining keyingi bosqichlarini xavfsiz va uzluksiz davom ettirish imkonini yaratadi.
⚠️ Hurmatli fuqarolar! Gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni hamda gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishingizni so‘raymiz.
☎️ Dispetcherlik xizmati:
(71) 502-17-04 | (71) 502-17-05 | (71) 502-17-06
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy qabullar davomida pensiya ta’minotiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Quyida e’tiboringizga Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati rahbariyatining shaxsiy qabul kunlari to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi:
Atajanov Murodbek Bekberganovich
Ijro etuvchi direktor
🗓 Seshanba kuni, soat 14:00–16:00
Tursunov Zohidxo‘ja Orifovich
Ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari
🗓 Dushanba–Juma, soat 15:00–17:00
Shadixodjayev Nuriddin Abdumalikovich
Ijro etuvchi direktor o‘rinbosari
🗓 Chorshanba–Payshanba, soat 11:00–13:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1-uy.
🔖 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1271, 71-202-12-71 (ichki raqam: 744, mas’ul: A. Egamberdiyev)
👉 На русском
#Pensiyajamgarmasi #shaxsiyqabul #ochiqmuloqot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi
Nurafshon shahri hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida moliya sohasi mas’ullari, Bandlik bo‘limi vakillari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, soliq tushumlari hajmini oshirish, norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish, muammoli korxonalar faoliyatini chuqur tahlil qilish hamda ularning mavjud muammolarini bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kesimida bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Muhokamalar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Har bir yo‘nalish kesimida mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi hamda natijadorlik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eshitmadim_demanglar
So‘lim Toshkent viloyati barcha hamyurtlarimizni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi!
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Ishoning, Parkentning go‘zal tabiati, musaffo havosi, mehmondo‘st insonlari va asrlar davomida sayqal topgan uzumchilik an’analari sizda unutilmas taassurot qoldiradi.
O‘zbekona milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu saylga barchangizni chorlab qolamiz.
Keling, ko‘ring, bahramand bo‘ling!
Kirish mutlaqo bepul!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
So‘lim Toshkent viloyati barcha hamyurtlarimizni yana bir bor o‘z bag‘riga chorlaydi!
Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida, sara uzum navlari va turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, milliy urf-odatlarimiz namoyishlari, taniqli xonandalar ishtirokidagi gala-konsertlar va bir-biridan qiziq madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Ishoning, Parkentning go‘zal tabiati, musaffo havosi, mehmondo‘st insonlari va asrlar davomida sayqal topgan uzumchilik an’analari sizda unutilmas taassurot qoldiradi.
O‘zbekona milliy qadriyatlar ruhidagi ushbu saylga barchangizni chorlab qolamiz.
Keling, ko‘ring, bahramand bo‘ling!
Kirish mutlaqo bepul!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
✅ Jumladan, Toʻytepa hududidagi TP-9, 2-fider tarmogʻida SIP kabelini montaj qilish ishlari bajarildi. Shuningdek, avariya holatlarining oldini olish hamda elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida TP-345 transformator punktida avtomat uskunasi yangisiga almashtirildi.
Mazkur texnik tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlari barqaror ishlashini taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarning oldini olish hamda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod xonadon bo'lish sirlari...
"Mash'al" gazetasi tashabbusi bilan Nurafshon shahrida faoliyat olib borayotgan "Buvijonlar maktabi" faollari hamkorligida "Obod xonadon" loyihasi yo'lga qo'yildi.
✅ Loyiha doirasida mahallasiga namuna bo'lib kelayotgan tinch-totuv, saranjom-sarishta va obod xonadonlarga tashrif buyurib, videoroliklar tayyorlanadi.
Ilk manzilimiz Nurafshon shahri "Obod turmush" mahallasida istiqomat qiluvchi Bibixojar onamizning xonadoni bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM