Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Adliya boshqarmasi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

✔️Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari uchun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

🔘Tadbir davomida 38 nafar xodim profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, kamharakat turmush tarzi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, ularning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🔘Ko‘rik jarayonida xodimlarda elektrokardiogramma (EKG) olinib, zarur laborator va instrumental tekshiruvlar amalga oshirildi. Shuningdek, terapevt shifokor tomonidan sog‘liq holatidan kelib chiqib tegishli tavsiyalar berildi.


Bundan tashqari, barcha ishtirokchilarning bo‘yi va vazni o‘lchanib, tana vazni indeksi (TVI) hisoblab chiqildi. Natijada ortiqcha vaznga ega 7 nafar xodim aniqlanib, ularga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi videorolik namoyish etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

☢️ Хавфли чиқиндиларни бошқариш бўйича Президент қарори: Ўзбекистонда хавфли чиқиндиларини қайта ишлаш даражаси 20 фоизга етказилади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Хавфли чиқиндиларни бошқариш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–289-сон, 03.08.2026 й.) қабул қилинди.
 
Қарорга кўра, 2027 йил 1 январдан хавфли чиқиндиларни ҳосил қилувчи ташкилотлар (хавфли чиқиндиларнинг эгалари бўлган юридик шахслар):
 
💚 экологик экспертиза хулосасига мувофиқ хавфли чиқиндиларни бошқариш бўйича йиллик режаларни ишлаб чиқади ҳамда Чиқиндиларни бошқариш ва циркуляр иқтисодиётни ривожлантириш агентлиги (Агентлик)нинг ҳудудий бошқармалари билан келишади;
 
💚 йиллик режаларда қуйидаги кўрсаткичларни назарда тутади:
 
хавфли чиқиндилар ҳосил бўлиш ҳажмини камайтириш;
 
хавфли чиқиндиларни қайта ишлаш улушини ошириш, уларни хавфсиз жойлаштириш;
 
хавфли чиқиндиларни қайта ишлаш, зарарсизлантириш, утилизация қилиш ёки кўмишга тегишли ваколат, инфратузилма ҳамда экологик экспертизанинг ижобий хулосасига эга бўлган ихтисослашган ташкилотларга қайта ишлаш ёки кўмиш учун топшириш.
 
🔘 Барча фойдаланишдан чиқарилган хавфли чиқиндилар сақланаётган (жойлаштирилган) махсус иншоотлар ва очиқ майдонлар (махсус объектлар) уларни экологик қайта тиклаш учун зарур бўлган маблағлар билан биргаликда бепул асосда Агентликка ўтказилади.
 
📄 2026 йил 1 октябрдан хавфли чиқиндиларни ҳосил қилувчи ташкилотлар статистика ҳисоботлари йил якунига кўра шакллантириб борилади.

✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrаm | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Nurafshonda “Salomatlik marafoni” davom etmoqda


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot guruhi tashkil etildi. Mazkur guruh shahrimizdagi aholi gavjum bo‘lgan davlat muassasalari, savdo markazlari va boshqa jamoat joylarida muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

🔘“Salomatlik marafoni” doirasida tibbiyot xodimlari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida Xalq banki, Hamkor bank, Nurafshon shahar dehqon bozori, Makro hamda Havas savdo markazlarida aholi bilan suhbatlar tashkil etildi.


💠To‘rt kun davomida jami 1 304 nafar fuqaro qamrab olinib, ularni “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etishga chorlash hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Siz ham “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok eting!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1


⚡️Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida Nurafshon shahrining Taraqqiyot mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda elektr taqsimlash qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Shahar elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr taqsimlagichlari va ichki elektr tarmoqlarida profilaktik hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

❗️ Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivali bo'lib o'tdi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

🔴Nurafshon shahrining barcha mahallalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda iste'molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida Nurafshon shahar gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🔴Jumladan, Yangiobod mahallasi hududida gaz bosimining pasayishini oldini olish maqsadida gaz tarmoqlarida reviziya ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar gaz ta'minoti tizimining ishonchli va barqaror ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🤝1


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1