Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentimiz aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Chorvachilik va parrandachilikka qo‘shimcha resurslar yo‘naltiriladi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyot va ijtimoiy sohada sun’iy intellekt asosidagi loyihalarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezidentimiz xalıqtı sociallıq qollap-quwatlaw sistemasın keńeytiw boyınsha usınıslar menen tanıstı. Sharwashılıq hám qusshılıqqa qosımsha resurslar qaratıladı. Mámleketimiz basshısı ekonomika hám sociallıq tarawda jasalma intellekt tiykarındaǵı joybarlardı kóbeytiw zárúr ekenligin atap ótti.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент нашей страны ознакомился с предложениями по расширению системы социальной поддержки населения. На развитие животноводства и птицеводства будут направлены дополнительные ресурсы. Глава государства выступил за увеличение количества проектов на базе искусственного интеллекта в экономике и социальной сфере. —
Weekly review of the most important events: The President of the Republic of Uzbekistan reviewed proposals to further expand the system of social support for the population. Additional resources will be allocated to the development of the livestock and poultry sectors. The Head of State called for increasing the number of AI-based projects in the economy and social sphere.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

No comment. Nurafshonda bayram shukuhi...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📢2026-yil 1-iyuldan davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining ikkinchi bosqichi ishga tushadi.

Endilikda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqasi yangi tartib asosida to‘lanadi.

Ish beruvchi kasallik varaqasining kalendar yilidagi dastlabki 5 kunini to‘laydi.
6-kundan boshlab nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.


Nafaqa miqdori sug‘urta stajiga qarab belgilanadi:
• 6 oydan 8 yilgacha sug‘urta stajiga ega bo‘lsangiz — o‘rtacha ish haqining 60 foizi;
• 8 yildan ortiq sug‘urta staji bo‘lsa — 80 foizi.

Eng muhimi, nafaqani olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Nafaqa avtomatik tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqaroga to‘lab beriladi.

Mazkur islohot fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ish beruvchilarning moliyaviy yukini kamaytirish hamda nafaqalarni tezkor va shaffof tarzda to‘lashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


“Ayol qadri ulug‘langan yurt” — milliy qadriyatlar va hayot saboqlari mujassam davra

Nurafshon shahar Birlik mahallasida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda mahalla xotin-qizlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning mazmunli va ta’sirchan jihatlaridan biri 96 yoshni qarshi olgan To‘xtanissa Tojiyevaning obod xonadonida o‘tkazilgani bo‘ldi. Onaxonning hayot yo‘li, o‘tgan og‘ir va sinovli yillar, oila va farzand tarbiyasi borasidagi hayotiy tajribalari hamda bugungi tinch va osoyishta kunlarga bo‘lgan shukronaliklari yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Suhbat davomida yosh avlodga tinchlikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Tadbirda milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlodga yetkazish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qadimiy “kelin salom” va “o‘sma qo‘yish” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati va milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar hamda yoshlar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga qaratilgan chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalar hayotiy tajribasini yoshlar bilan baham ko‘rish hamda mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda


🔴Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, gaz ta’minoti tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Nurafshon gaz” tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔴Xususan, “O‘rtasaroy” GTS dan chiquvchi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarida zichlikka sinash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, GTNlardan chiquvchi diametri D-76, D-89 va D-159 mm bo‘lgan gaz quvurlaridagi zulfinlarga temir to‘siqlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.


Bundan tashqari, "Qumariq" MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDBK-1,25 rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasida texnik taftish va servis xizmati ko‘rsatildi.

❗️Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni barvaqt aniqlash hamda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: 120 million dollarlik loyiha: Nurafshon shahrida Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan “DA SHUN GROUP” qurilish texnoparki faoliyati “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus ko‘rsatuvida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Muammo bormi, darhol murojaat qiling!


Nurafshon shahrida kommunal va obodonlashtirish sohasida muammo bormi? Hududingizda obodonlashtirish, tozalik, chiqindilarni olib chiqish, ko‘cha va hududlarni saqlash bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, murojaatingizni mas’ullarga yetkazing!

📲Muammo va takliflaringiz bo‘yicha quyidagi mas’ullarga darhol murojaat qilishingiz mumkin:

👤Dispetcher:
☎️ +998 90 319 89 78

👤 Mas’ul xodim:
☎️ +998 93 444 83 81

👤Rahbar o‘rinbosari:
☎️+998 99 853 22 99


➡️Muammoyingiz bormi? Hoziroq murojaat qiling! 📱https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK

❗️Sizning murojaatingiz — shahardagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM