Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Ayollar e’zozlangan yurtda qadriyatlar barhayot

💠Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda mahalla xotin-qizlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🔘Tadbir davomida yosh avlodni tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Xususan, xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan “kelin salom”, “o‘sma qo‘yish” va “alla” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.


Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalarning hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2


Elektr tarmoqlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda


⚡️ Aholini kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr tarmoqlarida rejali texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

🔴 Jumladan, Obod turmush hududidagi TP-9da tayanch ustunlarga traverslar o‘rnatish hamda kabel tortish ishlari bajarildi. Shuningdek, Degantepa mahallasidagi TP-19da transformator kabellarini tartibga keltirish, tayanch ustunlardagi eski liniya kabellarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.


❗️Mazkur texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining kuz-qish mavsumida barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Kitobsevar oilalar bir tanlovda jam bo‘ldi

Nurafshon shahrida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Nurafshon shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan “Kitobxon oila” tanlovi tashkil etildi.

🔘Tanlovda shahardagi 6 ta faol va kitobxon oilalar ishtirok etib, o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati, mutolaa borasidagi bilim va ko‘nikmalari hamda oiladagi kitobxonlik an’analarini namoyon etdilar.


❗️Batafsil

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


📢 SAYYOR QABUL

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavxar Maxamadalievna tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.

🤝 2026-yil 15-avgust kuni soat 11:00 da Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkaziladi.

✍️ Ijtimoiy himoya sohasiga oid sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslaringiz bo’lsa, sayyor qabulda ishtirok eting. Muammolaringizni tinglash va ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko’rsatishga tayyormiz.

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY hududida joylashgan Ijtimoiy himoya Boshqarmasi va Inson markazi binosi.

⛳️ Lokatsiya

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1