Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Gaz ta’minoti tizimlari bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda


💠Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, iste’molchilarga tabiiy gazni barqaror yetkazib berish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️Xususan, Degantepa MFY, Degantepa ko‘chasida mavjud gaz ta’minoti tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida rejaga muvofiq ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

✔️Shuningdek, 57-sonli umumta’lim maktabi hududidagi diametri 57 mm bo‘lgan past bosimli yer usti gaz quvurlari ta’mirlandi.

✔️Bundan tashqari, Yangiobod MFY hududida joylashgan o‘rta bosimli RD-50 rusumli gaz taqsimlash qurilmalarida texnik taftish va xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.


Mazkur tadbirlar gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda aholini tabiiy gaz bilan ishonchli va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#bunyodkorlik
#tuhfa

Nurafshonda barpo etilgan muazzam favvoralar ansambli shaharga o‘zgacha tarovat baxsh etmoqda

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida shahar ahli va mehmonlariga yana bir munosib tuhfa — 70 metr uzunlikdagi zamonaviy musiqali favvoralar majmui ishga tushirildi.
Mazkur majmua davlatimiz rahbarining viloyatimiz, xususan, uning markazi Nurafshon shahrini zamonaviy shaharsozlik asosida rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Osmono‘par favvoralar “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi muazzam sun’iy ko‘l bag‘rida qad rostlab, marvarid tomchilari va  orombaxsh fayzi bilan shaharning eng  diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanib,  Nurafshonning zamonaviy qiyofasiga yana bir go‘zal chizgi qo‘shdi.

Ayniqsa, kechqurun bu yerdagi atmosfera  yanada jozibador tus oladi. Turfa rangli chiroqlar ostida 70 metrlik favvoralar musiqa sadolariga uyg‘un ravishda goh osmon sari intilib, goh mayin tovush bilan ko‘l bag‘riga qaytib tushadi. Suv, nur va musiqa uyg‘unligi esa oddiy sayrni ham o‘ziga xos tomoshaga aylantiradi.
Favvora atrofidagi so‘lim xiyobonda sayr qilish, sokin o‘rinlarda hordiq chiqarish, yaqinlar bilan suhbatlashish uchun sharoitlar yaratilgan. Muzqaymoq,  salqin ichimliklar,  fast-fut shahobchalari ish boshlagani
bu yerni oilaviy dam olish uchun ayni muddaoga aylantirgan.

Zero, Nurafshonning yangi qiyofasi faqat muhtasham binolar bilan emas, odamlar zavq bilan keladigan, oilasi bilan vaqt o‘tkazadigan, xotiralar qoldiradigan go‘zal maskanlar bilan  yaratilmoqda.

Nurafshon favvoralar ansambli har kuni 20.00 da 22.00 gacha shahar ahli va mehmonlari xizmatida bo‘ladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida shahar ahli va mehmonlariga yana bir munosib tuhfa — 70 metr uzunlikdagi zamonaviy musiqali favvoralar majmui ishga tushirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Uzum_sayli

“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 6 kun qoldi!

Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.

Sana: 21-22-avgust kunlari.

📍Joylashuv manzili

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Har hafta o‘tkazilayotgan hokim qabuli orqali fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Obodonlashtirish — obodlik va farovonlik garovi

Nurafshon shahrida hududlarni obodlashtirish, ko‘chalar va mahallalarni yanada ko‘rkam qiyofaga keltirish maqsadida obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hasharlari izchil tashkil etilmoqda.

Jumladan, Dehqonobod mahallasida aholi tomonidan ko‘chalar, yo‘l yoqalari va tomorqalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, ko‘chalar tartibga keltirilmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash bilan birga, aholini hamjihatlik va bunyodkorlikka chorlamoqda.

Obod mahalla — farovon hayot garovi! 🌱

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM