This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obodonlashtirish — obodlik va farovonlik garovi
Nurafshon shahrida hududlarni obodlashtirish, ko‘chalar va mahallalarni yanada ko‘rkam qiyofaga keltirish maqsadida obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hasharlari izchil tashkil etilmoqda.
Jumladan, Dehqonobod mahallasida aholi tomonidan ko‘chalar, yo‘l yoqalari va tomorqalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, ko‘chalar tartibga keltirilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash bilan birga, aholini hamjihatlik va bunyodkorlikka chorlamoqda.
Obod mahalla — farovon hayot garovi! 🌱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon sanoati qahramonlari — yangi maxsus loyiha
Qahramonimiz maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari, metallni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi maxsus texnikalarni o‘zlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida hikoya qiladi.
Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👌1
Ayollar e’zozlangan yurtda qadriyatlar barhayot
Unda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Djumanova, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova, mahalla xotin-qizlari, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
🔘 Tadbir davomida yosh avlodni tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🔘 Xususan, xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan “kelin salom”, “o‘sma qo‘yish” va “alla” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
RASMIY TAYINLOV
Shakirov Ilxom Islamovich Nurafshon shahar qurilish va arxitektura, uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ilxom Shakirov 1992-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2017-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
U mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1
RASMIY TAYINLOV
Xaydarov Azamat Xudayberdiyevich Nurafshon shahar hokimligining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Azamat Xaydarov 1979-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2000-yilda Samarqand Oliy harbiy avtomobil muhandislik qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahar hokimligi energiya menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👎1
RASMIY TAYINLOV
Allaev Hasan O‘ktam o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligining energiya menejeri lavozimiga tayinlandi.
Hasan Allaev 1998-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2023-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi O‘rta Chirchiq tuman bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏3👍2👎1
RASMIY TAYINLOV
Imanov Oloviddin Isomiddin o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Oloviddin Imanov 1994-yilda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Ohangaron shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
RASMIY TAYINLOV
Akromov Asrorjon Ilhomjon o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Asrorjon Akromov 2000-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — tugallanmagan oliy.
Mazkur tayinlovga qadar Nurafshon shahridagi “Oppoq” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh
Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda.
Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora o‘z faoliyatini boshladi!
Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi!
Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli!
Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning!
🕗Har kuni | 20:00–22:00
📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda.
Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora o‘z faoliyatini boshladi!
Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi!
Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli!
Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning!
🕗Har kuni | 20:00–22:00
📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1