Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Kabinetda hal bo‘lmaydigan muammolar: hokim “og‘ir mahalla”dagi holatni o‘rgandi


Nurafshon shahridagi Qumariq mahallasi Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida tanlab olinib, hududda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Qumariq mahallasida bo‘lib, hududdagi real holat va dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.


Hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbarlar, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

❗️Shahar hokimi, xususan, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi. Shuningdek, hududda ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mavjud holat qoniqarsiz ekani qayd etildi.


Mas’ullarga muammolarni kabinetda turib emas, xonadonbay va ko‘chabay o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish, aniqlangan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilangan “yo‘l xaritasi”ni zudlik bilan shakllantirish hamda amaliy ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2


Elektr ta’minoti barqarorligi ta’minlanmoqda


💠Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Jumladan, To‘ytepa mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarni elektr ta’minoti bilan bog‘lash va mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash doirasida SP kabellarini ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va hisobga olish qurilmalari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulay va barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Bunday amaliy ishlar shahar hududida elektr ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Тадбиркорга амалий ёрдам — янги иш ўринлари ва фаровон оилалар кафолати

Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш — янги иш ўринлари яратиш, аҳоли даромадларини ошириш ва оилалар фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омилидир.
Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент томонидан тадбиркорлик субъектларига 6 072 та ҳолатда амалий ёрдам кўрсатилиши натижасида 6 459 та янги иш ўрни яратилди.
Бу рақамлар ортида минглаб инсонларнинг меҳнат қилиш, даромад топиш ва оиласи фаровонлигини таъминлаш имконияти бор.
Тадбиркорнинг муаммосини ҳал этиш — унинг фаолиятини ривожлантиришга, фаолиятнинг кенгайиши эса янги иш ўринлари яратилишига хизмат қилади.
Тадбиркор қўллаб-қувватланса — иш ўрни яратилади.
Иш ўрни яратилса — оила даромади ортади.
Оила фаровон бўлса — жамият фаровон бўлади.

Шу боис тадбиркорга кўрсатилаётган ҳар бир амалий ёрдам — иқтисодиётга, бандликка ва инсон фаровонлигига қўшилган амалий ҳиссадир.

Тадбиркорни қўллаб-қувватлаш — инсонни қўллаб-қувватлаш демакдир.
Департамент ишонч телефони 71-233-10-07
👉@Department_uz


Nurafshonda gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda


🔴Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholini tabiiy gaz bilan ishonchli ta’minlash hamda gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔴Jumladan, "Qumariq" MFY, Zarafshon ko‘chasidagi gaz taqsimlash tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, xonadonlarda tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilib, eslatmalar tarqatildi.

🔴Degantepa MFY hududida esa aholi xonadonlariga bosim sozlagichlarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur qurilmalar gaz bosimini me’yorlashtirish va iste’molchilar uchun xavfsiz foydalanish sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.


❗️Bu kabi profilaktik va texnik tadbirlar gaz ta’minoti tizimining barqarorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 telekanali bilan hamkorlikda Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida belgilangan Qumariq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Unda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yoritilmoqda.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#jarayon

Xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalga katta tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Keng maydon bo‘ylab hududlarning o‘ziga xos anʼana va urf-odatlarini aks ettiruvchi povilyonlar qad rostlayapti, ko‘rkazmalar uchun joylar hozirlanyapti. Xullas, ish jarayoni qizg‘in kechmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan,  "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!

Sayilga marhamat!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Murojaatlar e’tiborda: fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.


Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM